Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davron Vahobov «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ish boshlaydi
«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi.

Foto: KUN.UZ
Uyushma a'zolarining umumiy yig‘ilish qarori bilan rais o‘rinbosarligiga ma'qullangan Davron Abdujalolovich Vahobov nomzodi prezident Mirziyoyev tomonidan ham qo‘llab-quvvatlangan. Bu haqda uyushma matbuot xizmati rahbari Shahzoda Qo‘chqorova Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Unda aytilishicha, davlat rahbari Davron Vahobov haqida fikr bildirib, u tomonidan olib borilgan loyihalar chuqur bilim va tajribaga tayanganini ta'kidlagan.
«Davron Vahobov – yosh va malakali, to‘qimachilik sanoatida loyihalarni shakllantirish, texnologik jihatdan mukammallashtirish va mahsulot sifatini oshirishda katta tajribaga ega», – degan prezident.

Davron Vahobov 1981 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 2001 yilda Toshkent kimyo-texnologiya instituti bakalavriatini va 2003 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining magistraturasini tamomlagan. 2007 yilda esa Toshkent davlat yuridik universitetini sirtqi ta'lim bo‘yicha tugatgan.
U bu vaqtga qadar Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, «Oqsaroy textile» MChJ tizimidagi qator vazifalarda ishlagan.
Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, Vahobov tomonidan shu vaqtga qadar «Oqsaroy textile», «Zarbdor textile», «Oq saroy Vortex», «Ostex textile Jizzax», «Sardoba Oq saroy textile» kabi yirik to‘qimachilik loyihalari amalga oshirib kelinmoqda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Birjada Ai-80 benzini narxi tarixiy maksimumga yetdi
Iqtisodiyot | 20:58
-
Baxtiyor Saidov Xitoy raisi bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 20:30
-
Toshkentda ko‘p qavatli uy qurish bilan shug‘ullangan MChJ fuqarolarni chuv tushirdi
Jamiyat | 20:19
-
PPX va profilaktika inspektorlarining vakolatlari kengayishi mumkin
O‘zbekiston | 19:39
Mavzuga oid

19:00 / 02.09.2024
O‘zbekiston ilk bor yirik to‘qimachilik va moda sanoati tadbiriga mezbonlik qiladi

16:12 / 02.08.2024
SSP raisi elektromobil importiga boj kiritishni “100 foiz” qo‘llab-quvvatladi

21:58 / 18.03.2024
Uchta uyushma raislari o‘zgardi

16:20 / 08.02.2024