Namanganda 16 yoshli yigit maktabdoshini o‘ldirib qo‘ydi

Jamiyat 15:04 / 13.11.2020 14568

Hodisa sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan yetib borgan tergov-tezkor guruhi joyni ko‘zdan kechirib, Bodomzor ko‘chasidan oqib o‘tuvchi ariq bo‘yidan tan jarohati yetkazishda foydalangan bir dona yog‘och sopli oshxona pichog‘i hamda hodisa joyidagi qon dog‘lariga o‘xshash dog‘larini aniqlab, protsessual tartibda rasmiylashtirib olgan.

Tibbiy ma'lumotnomaga ko‘ra, jabrlanuvchining badanida qorindagi sanchilgan, kesilgan tarzidagi jarohat bo‘lib, charvi inventarizatsiyasi, jarohatidan qon sizib chiqishi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar bo‘yicha IIO FMB 2-sonli IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat sodir etgan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Biroq joriy yilning 9 noyabr kuni ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, jabrlanuvchi kasalxonaning jonlantirish bo‘limida olgan og‘ir tan jarohati oqibatida vafot etgan. 

Hozirda aybdorga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “D” bandi bilan ayblov e'lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ushbu jinoiy ish bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: