Toshkent viloyatida 37 marta qoida buzib, jarimalarni to‘lamagan haydovchi aniqlandi

Jamiyat 10:30 / 07.11.2020 7119

Viloyat IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, Yangiyo‘l tumanida xizmat olib borayotgan YPX inspektori tomonidan Spark avtomobili YHQ buzilganligi uchun to‘xtatilgan. 

Qayd etilishicha, elektron ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirish vaqtida avtoulovning maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalari orqali joriy yil davomida 37 marotaba qoidabuzarlik sodir etib, belgilangan jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamay kelganligi aniqlandi. Avtoulov qarzdorlik undirilgunga qadar jarima maydoniga vaqtinchalik joylashtirilgan.

Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasiga ko‘ra, “Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan e'tiboran oltmish kun ichida jarima to‘lanmagan taqdirda, transport vositasi jarima solish to‘g‘risida qaror chiqargan vakolatli organ rahbarining yozma ko‘rsatmasiga binoan jarima solish to‘g‘risidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar ushlab turiladi”.

Ko‘proq yangiliklar: