Tadbir davomida 22 yoshli S.M. moddiy daromad orttirish maqsadida, o‘zining 2020 yilning 2 iyun kuni tug‘ilgan 4 oylik qiz farzandi Z.M.ni tadbirga jalb qilingan fuqarolar I.X., va N.R.ga 120 mln. so‘m evaziga sotishga kelishib, kelishilgan pulning 5.000 AQSh dollarini olgan paytida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Xiva shahar IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan S.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha S.M. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok qilishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi ma'lumotda.