Arzonroq energiya ishlab chiqarish ko‘payadi – Energetika vaziri o‘rinbosari

Iqtisodiyot 18:38 / 07.11.2020 3220

«Bu yil narx oshmadi. Aniq aytishimiz mumkinki, 2021 yilda ham narxni oshirmaslik bo‘yicha topshiriq olganmiz. Tannarxga yetkazib oldik yoki yetkazib olmadik, degan savolingizga keladigan bo‘lsak, islohotlardan, transformatsiyadan eng asosiy maqsad – mana shu tannarxni pasaytirish.

Birinchidan, bizda keyingi yil yangi, tannarxi ancha past bo‘lgan energoqurilmalarimiz, energostansiyalarimiz ishga tushib, nisbatan arzonroq energiya ishlab chiqarish ko‘payadi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Matbuot anjumanida Sherzod Xo‘jayev O‘zbekiston o‘zida elektr yoki gaz ishlab chiqarishdan ko‘ra, import qilish arzonga tushadigan davlatga aylanadimi, deya berilgan savolga ham javob qaytardi.

«Raqamlarga qaraydigan bo‘lsak, eksport hajmi million dollarda hisoblaydigan bo‘lsak, import bilan teppa-teng. Ya'ni biz importchi mamlakatmiz deyishimiz noto‘g‘ri bo‘ladi», dedi vazir o‘rinbosari.

Ko‘proq yangiliklar: