2020 yil 5 noyabr kuni soat 21:00da Bog‘ishamol va Chingiz Aytmatov ko‘chalari kesishmasida Nexia-3 rusumli avtomobilni tegishli hujjatlarsiz boshqarib borgan 16 yoshli A.B. 20 yoshli A.A. ishonchnoma asosida boshqarib borgan Spark rusumli avtomobilga to‘qnashgan.
IIBB ma'lumotiga ko‘ra, YTHning taxminiy sababi - Nexia-3 avtomobili haydovchisi svetoforning taqiqlovchi belgisiga rioya qilmagan.
Nexia-3 avtomobili haydovchisi YTH oqibatida olgan jarohatlari tufayli voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.
YTH tafsilotlarini o‘rganish ishlari davom etadi, deyiladi xabarda.