Lobbi - bu oddiy qilib aytganda kirish guruhi yoki pod'yezd. Aynan shu joy “Mirabad Avenue” rezidensiyasining birinchi bosqichidagi uylarda mehmonlar va aholini kutib oladi.
Maydoni 150 m² va shift balandligi 6 metr bo‘lgan lobbi turar joy va uning aholisining premium maqomini aks ettiradi.
Shiftdan polgacha bo‘lgan panoramali derazalar tufayli kirish guruhi kutish zonasini tabiiy yorug‘lik bilan to‘ldiradi.
Latun, oniks va italiyalik marmar bilan bezatilgan lobbida 24/7 rejimida har qanday savolga yordam berishga tayyor bo‘lgan konserj xizmat qiladi.
Germaniyaning “ThyssenKrupp” brendining tezyurar va shovqinsiz liftlarida apartamentga chiqish mumkin. Ularning dizayni va ranglari rezidensiya stiliga mos qilib ishlab chiqilgan.
Yuqori darajadagi uy-joy sifatli materialdan tashqari boshqalardan yana nimasi bilan ajralib turadi?
Aholining ehtiyojlarini tushunadigan va yuqori talablarga javob berishga tayyor malakali mutaxassis tomonidan taqdim etiladigan qulaylik va xizmat.
Xodimlar sizga xodimlarni chaqirish, taksiga buyurtma berish, avtoulovni taqdim etish, xaridlarni yetkazib berish va boshqa masalalarda yordam berishlari mumkin.
Xonadoningizdan chiqmasdan narsalarni “ximchistka”ga yuborishingiz yoki tikuvchini chaqirishingiz mumkin.
Bundan tashqari, premium-klass o‘zining infratuzilmasi bilan ajralib turadi. Hashamatli restoranda ovqatlanish uchun biror bir joyga borishingiz shart emas, chunki restoranlar sizning uyingiz yaqinidagi xiyobonda bo‘ladi.
“Mirabad Avenue” rezidensiyasi 2018 yilda O‘zbekistonda birinchi bo‘lib O‘rta Osiyo va Tinch okeani mintaqasi turar joy komplekslari o‘rtasida o‘tkazilgan “International Property Awards”ning uchta sovriniga sazovor bo‘lgan edi.
“Aralash arxitektura”, “Turar joy qurilishi” va “Kompleks qurilish” nominatsiyalari “Mirabad Avenue”ga taqdim etilgan hamda butun dunyo e'tirofi va e'tiboriga tushgandi.
O‘shanda O‘rta Osiyo va Tinch okeani mintaqalari qurilish kompaniyalari nominant bo‘lishgandi.
Alohida konsultatsiya olish uchun bizning sotuv ofisimizga tashrif buyuring: Toshkent, Mirobod ko‘chasi, “Mirabad Avenue” rezidensiyasi, D blok.
Telefon: +998 78 777 77 78
Telegram ChatBot: @mirabad_avenue_bot
Telegram kanal: t.me/mirabad_avenue
Instagram: instagram.com/mirabad_avenue
Facebook: fb.com/mirabad.avenue
Sayt: mirabad.uz
Reklama huquqi asosida