– Endigina 19 yoshga kirdim, do‘stlarim olam-olam orzular og‘ushida o‘ynab-kulib yurishibdi. Men esa suyaklarimdagi dahshatli og‘riq bilan tobora kuchdan qolyapman, – deydi sirdaryolik Ziyodjon Qurbonov.
Shifokorlar menga “Spondilit”, “Seronegativ spondiloartropatiya, Bexterov kasalligi”, “Suyak sili” kabi qator tashxislar qo‘yishgan va ikki yildirki bu kasalliklar shiddat bilan rivojlanib boryapti. Shu kungacha umurtqamdan murakkab operatsiya o‘tkazdim. Oilamiz kam ta'minlanganlar ro‘yxatida, menga suyanchiq bo‘ladigan ota-onamning o‘zi bemor, ularga suyanchiq bo‘ladigan yoshga kiradigan paytimda esa men bu kasalliklar bilan kurashib yotibman. Hozir chap chanoq-son bo‘g‘imiga endoprotez qo‘yilmasa bo‘lmaydigan holatga kelgan. Bitta endoprotez taxminan 25 mln so‘mga tusharkan. Bizda bu mablag‘ yo‘q, topgan-tutganimiz uzluksiz davolanishlarga ketyapti.
Men operatsiya qildirmasam va zarur muolajalarni olmasam, butunlay to‘shakka mixlanib qolishim mumkin. Bu esa ota-onam va yaqinlarimga juda og‘ir yuk bo‘ladi, o‘zim ham bunday kelajak haqida o‘ylasam qo‘rqib ketaman...
Yurtimizda saxiy insonlar juda ko‘p, Kun.uz sayti orqali juda ko‘pchilik bemorlarga xayriyalar qilinmoqda. Men ham umid bilan yaxshilarga yuzlanayapman, iltimos, menga yordam bering, – deya so‘zlarini tugatdi ko‘zi namlangan Ziyodjon.
Ziyodjon Qurbonovga oid ma'lumotlar:
Humo: 9860 0303 5618 6277
Visa: 4097 8304 3151 2140 (Damir Rahmonov nomida)
Sberbank: 4276 3802 0939 0652 (Yuriy Kovalchuk nomida)
Telefon: +998979011201
Asl savobtalablar biror imkoniyatni qo‘ldan chiqarmaydilar. Yosh yigitning dardi esa biror kishini befarq qoldirmaydi. Ishonamizki, Ziyodjon ham yurtdoshlarimiz ko‘magida oyoqqa turib, hayotda o‘z o‘rnini topib ketadi. Zero, uning qalbida juda katta umid yashamoqda.
Abror Zohidov