O‘zbekiston | 10:44 / 03.11.2020
6402
1 daqiqa o‘qiladi
Xususiy korxonalar sonining yuqori ko‘rsatkichlari qayd etilgan hududlar ma'lum bo‘ldi
Joriy yilning 1 oktabr holatiga jami tadbirkorlik sub'yektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 394 234ta bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni 88 855tani (22,5 foiz) tashkil qildi.

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, xususiy korxonalar sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
- Toshkent shahrida – 12 779ta;
- Farg‘ona viloyatida – 10 523ta;
- Qashqadaryo viloyatida – 9 015ta;
- Namangan viloyatida – 7 173ta;
- Surxondaryo viloyatida – 6 991ta.
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida korxonalar quyidagicha taqsimlandi:
- savdoda – 33 457ta;
- sanoatda – 16 007ta;
- qurilishda – 7 818ta;
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 7 725ta;
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 6 618ta.
Mavzuga oid

11:53 / 10.03.2025
Ozodlikdan mahrum qilingan 20 ming kishi, 4 barobarga oshgan talon-torojlar – jinoyatchilik statistikasi

15:05 / 07.03.2025
Biznes uchun statistika hisobotlari hajmi kamayadi

13:32 / 07.03.2025
O‘zbekistonda rasmiy statistikani tayyorlashga autsorsing joriy etiladi

11:55 / 04.03.2025