Havas diskaunterlar tarmog‘ining 80-do‘koni iste'molchilarga o‘z eshigini ochdi. Kompaniyaning muvaffaqiyat qozonishida, xalqimizning uzog‘ini yaqin qilib, qulaylik baxsh etishida Havas jamoasining hissasi katta.
Ahil ishlaganda ish unar, har mushkul oson bo‘lar, degan naql bor xalqimizda. Bu naql Havas diskaunterlariga ham a'lo darajada to‘g‘ri keladi desa, hech mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki kompaniya o‘z faoliyatini boshlaganiga qisqa muddat bo‘lgan bo‘lsada, bugungi kunda Havas do‘konlari poytaxtimizning deyarli har bir tumanida mavjud. Albatta, Havas tarmog‘ining 80 ta do‘kon bilan cheklanish niyati yo‘q – kompaniya o‘zining qulay va hamyonbop narxlarga ega do‘konlarini yurtimizning har bir viloyatida, har bir shahrida ishga tushirishni rejalashtirgan.
Havas diskaunterlar tarmog‘i allaqachon kulaylik timsoliga aylangan, do‘konlardagi xarid qilish jarayoni esa puxta o‘ylab chiqilgan: mahsulotlar doimo sarhil, keraklisini topish esa hech qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bu qulayliklarni kim ta'minlashi haqida hech o‘ylanib ko‘rganmisiz? Xarid qilish jarayoni Sizga faqat rohat bag‘ishlashi uchun kim tinmay mehnat qiladi? Albatta, Havas jamoasi.
Havas jamoasi o‘z ishining ko‘zini biladigan tajribali mutaxassislardan tashkil topgan. Ularni yagona g‘oya, maqsad birlashtiradi: hamyurtlarining hayotini qulaylashtirish, zaruriy mahsulotlarni esa hamyonbop narxlarda yetkazib berish. Bu maqsadni amalga oshirish uchun ular tunu kun tinmay mehnat qilmoqdalar, o‘z ustilarida ishlab, har tomonlama rivojlanmoqdalar. Aytish lozimki, Havas jamoasining malakasini oshirish maqsadida kompaniyada turli ichki treninglar tashkillashtirilgan. Ushbu treninglar iste'molchilar bilan muloqot qilish mahoratini shakllantirish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni mustaqil bartaraf etish, merchandayzing mahoratini oshirish, mahsulotlar sifati nazoratini kuchaytirish va ko‘plab boshqa sohalarda tajriba oshirishni o‘z ichiga oladi.
Qulaylik o‘zi nima? Havas haqida gapirganda buni avvalambor sifatli servis deb tushunish lozim. Qulaylik birinchi navbatda kassir va sotuvchilar tomonidan ta'minlanadi. Havas do‘konlarida mehnat qiluvchi sotuvchilar xushmuomala, muloyim va hozirjavob. Havas do‘konlari xodimlari qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yib xizmatingizni qilishga, agar savolingiz bo‘lsa, javob berishga doimo tayyor. Aynan shu sababli diskaunterlar tarmog‘i kassalarida deyarli hech qachon katta navbat yuzaga kelmaydi, xaridorlar esa do‘konlarni a'lo kayfiyat bilan tark etishadi.
Havas diskaunterlar tarmog‘i faoliyati uzluksiz davom etishi uchun yuzlab xodimlar har kuni tinmay mehnat qiladi. Menejyerlar, ma'muriyat xodimlari, kassirlar, merchandayzerlar, xavfsizlik xizmati xodimlari, yuk tashuvchilar – ularsiz Havas rivoji bu qadar tez, xalq muhabbati esa bunchalik kuchli bo‘lmas edi. Ular kompaniyaning o‘zagi. Havas uchun xodimlar oddiy personal emas, balki inoq va birgalikda har qanday vazifani amalga oshirishga qurbi yetadigan katta oiladir.
Reklama huquqi asosida