HAMAS tinch aholi o‘rniga to‘rt nafar askar ozod etilishini ma’lum qildi

Jahon 21:50 / 24.01.2025 1979

HAMAS 25 yanvar kuni ozod qilishni rejalashtirayotgan garovga olingan to‘rt nafar ayol ro‘yxatini e’lon qildi. Times of Israel xabariga ko‘ra, ro‘yxatda faqat Isroil harbiy xizmatchilarining ism-sharifi ko‘rsatilgan, vaholanki, o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga ko‘ra, avvaliga ayollar, keyin harbiylar, keyin keksalar va ulardan keyin kasal deb topilganlar ozod etilishi kerak. Nashrning qayd qilishicha, bu kelishuvning jiddiy buzilishi hisoblanadi va Isroil rasmiylari bu borada maslahatlashmoqda.

Shu bilan birga, ozod qilinadigan isroillik askarlar evaziga yana ko‘plab falastinliklar ozod etilishi kelishilgan. Biroq, sabab, almashtirish uchun so‘ralgan ayollar hozir tirik bo‘lmasligi mumkin. Isroil rasmiylari ommaviy axborot vositalaridan garovga olinganlarning oilalari xabardor qilinmaguncha, ularning ismini oshkor qilmaslikni so‘ragan.

19 yanvar kuni birinchi marta 4 nafar garovga olingan ayol ozod qilingan edi. Ular 2023 yil 7 oktyabrda Isroilga hujum paytida HAMAS jangarilari tomonidan asirga olingan yoki uylaridan o‘g‘irlab ketilgan.

Bunga javoban Isroil 90 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi. Ayirboshlash sulh bitimining birinchi bosqichining bir qismi edi.

HAMAS 94 isroillikni garovda ushlab turgani aytiladi. Guruh yana 30 nafar isroillikni, Isroil esa kelishuv doirasida yana 1900 ga yaqin falastinlik mahbusni, jumladan umrbod qamoq jazosiga hukm qilinganlarni ozod qilishni rejalashtirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: