Andijon: 2021 yilda mahalliy budjet xarajatlari 3,2 trln so‘mni tashkil etishi kutilmoqda

Iqtisodiyot 11:46 / 02.11.2020 4682

Shuningdek, Andijon viloyati mahalliy budjetining 2020 yildagi kutilayotgan ijrosi hamda 2021 yil budjetining asosiy ko‘rsatkichlari loyihasi o‘rganib chiqildi.

Ushbu tadbirlarda Oliy Majlis Senati Budjet boshqarmasi bosh maslahatchisi Sahobiddin Arziqulov, Moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Haydarov, davlat soliq qo‘mitasi hududlararo yirik soliq to‘lovchilarni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Feruz Ahmedov ishtirok etdi.

Sahobiddin Arziqulov
Ahadbek Haydarov

2021 yilda Andijon viloyati bo‘yicha mahalliy budjet daromadlar prognozi dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 2,9 trln so‘mni, xarajatlari 3,2 trln so‘mni tashkil qiladi.

Daromad va xarajatlar o‘rtasidagi tafovutni qoplash maqsadida respublika budjetidan 869,4 mlrd so‘m transfert, hamda 258,6 mlrd so‘m o‘tkazib beriladigan daromadlar (mobil, alkogol aksiz solig‘i) belgilanishi kutilmoqda.

Yig‘ilishda viloyat mahalliy budjeti daromadlarni prognozlashtirish, xarajatlarni rejalashtirishda jahon va respublikamizda pandemiya davom etishi, jahondagi iqtisodiy o‘sish pasayishini inobatga olish hamda budjetda yetarli zaxiralarni shakllantirishga e'tibor qaratish kerakligi ta'kidlab o‘tildi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan tartibga solinuvchi soliq tushumlarini, ya'ni jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini (jismoniy shaxslarning mol-mulklarini ijaraga berishidan oladigan yillik daromadlari bo‘yicha deklaratsiyaga asosan hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan daromad solig‘i bundan mustasno) viloyat va shahar-tumanlar mahalliy budjetlari o‘rtasida bir xil me'yorlardan kelib chiqqan holda taqsimlash taklif etildi.

Ko‘proq yangiliklar: