O‘zbekiston bozorlaridagi narxlar jadvali: tuxum arzonlagan, bodring qimmatlashgan

Iqtisodiyot 20:28 / 01.11.2020 14752

Odatga ko‘ra, 12 turdagi oziq-ovqat va shuncha meva-sabzavot mahsulotlarining o‘rtacha narxlari to‘plab, tartiblandi. O‘tgan haftadagi narxlarni solishtirish asnosida bozorlarda tuxum narxi biroz pastlagani, o‘simlik va paxta yog‘lari, shuningdek, shakar narxi hamon qimmatligicha qolayotgani, bodring narxi keskin ko‘tarilgani oydinlashmoqda.

Mol go‘shti eng qimmat narx — 75 ming so‘m Toshkent shahrining «Eski juva» bozorida belgilangan. Lekin shu bozorda mol go‘shtini kilogrammini 58 mingga ham xarid qilish mumkin. Joylarda qo‘y go‘shti qimmatlab, uning 1 kilosi 70 mingdan 75 ming so‘mgacha sotilayotgani qayd etildi. Tovuq go‘shti hamon Urganchda eng arzon — kilosi 14,5 ming so‘m.

Meva-sabzavotlar narxlari bozorlarda bir-biridan ko‘p ham farq qilmaydi. Pomidor va bodring ayrim hududlar markazlarida keskin qimmatlagan.

Qayd etish lozim, markaziy dehqon bozorlarida mahalliy hokimiyat rahbarlarining narxlarni tartibga solishga urinishi davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: