Genesis Education'ning besh nafar o‘quvchisi Antaliyadagi olimpiada sovrindori bo‘ldi

Jamiyat 18:08 / 01.11.2020 2336

Toshkentdagi «Genesis Education» nodavlat ta'lim muassasasi o‘quvchilari Turkiyaning Antaliya shahridagi xalqaro olimpiadada 12ta medalni qo‘lga kiritdi.

Hafta davomida maktabning 5 nafar o‘quvchisi sovrindorlar safidan o‘rin oldi:

  • 3-sinf o‘quvchisi Madina Toliboyeva rus tili, matematika va ingliz tili fanlaridan 1-o‘rinni oldi.
  • 6-sinf o‘quvchisi Samira Xo‘jaboyeva matematikadan 1-o‘rin, ingliz tilidan 2-o‘rin, rus tili va biologiyadan 3-o‘rinni egalladi.
  • 6-sinf o‘quvchisi Vesnin Vladislav geografiya va tarix fanlaridan 3-o‘rinni band etdi.
  • 8-sinf o‘quvchisi Feruz O‘ktamov matematikadan 1-o‘rin, ingliz tilidan 2-o‘rinni egalladi.
  • 9-sinf o‘quvchisi Aqida Arslonxonovaga ingliz tilidan 2-o‘rin nasib etdi.

Taqdirlash marosimi 31 oktabr kuni Antaliya shahrida bo‘lib o‘tdi.

Ma'lumot uchun, ushbu olimpiada har yili kuzda Turkiyaning ayni shu shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu yil «Genesis Education» xususiy maktabi o‘quvchilari to‘rtinchi marotaba ushbu bellashuvlarda ishtirok etdi.

Ko‘proq yangiliklar: