«Tokio-2020» tashkiliy qo‘mitasi Olimpiya o‘yinlariga sotilgan chiptalar pulini qaytarib beradi

Jahon 17:08 / 30.10.2020 1784

Tashkiliy qo‘mita 2021 yilga qoldirilgani sababli o‘yinlarga tashrif buyurolmaydiganlarga pulni qaytarib beradi. Olimpiya o‘yinlari chiptalarini qaytarish 10 noyabr kuni boshlanadi va taxminan 20 kun davom etadi, deb xabar berdi sport nashrlari Yaponiyaning NHK telekanaliga asoslanib. 

Paralimpiadaga chiptalarni dekabr oyida ham 20 kun ichida qaytarish mumkin bo‘ladi. 

Qayd etilishicha, Olimpiya o‘yinlariga 4,5 millionga yaqin chipta sotilgan bo‘lsa, Paralimpiya o‘yinlariga deyarli 1 million chipta sotilgan. Shu bilan birga, barcha ishqibozlar ularni o‘tkazish muddati ko‘chirilganiga qaramay, musobaqalarga borishlari mumkin. 

Avvalroq, Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi raisi Yoshiro Mori musobaqa tomoshabinlarsiz o‘tkazilishi ehtimoli borligini bildirgandi.

Eslatib o‘tamiz, Tokio Olimpiadasi 2020 yil 24 iyuldan 9 avgustgacha davom etishi kerak edi, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli o‘yinlar 2021 yilga qoldirildi (23 iyuldan 8 avgustgacha). O‘yinlarni o‘tkazish to‘g‘risida yakuniy qaror 2021 yilning bahorida qabul qilinadi. 

Tokiodagi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalar taqsimlanadigan ko‘plab lisenzion turnirlar ham qoldirildi. 

Ko‘proq yangiliklar: