IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, O.K. ularning fuqarolik pasportlarini g‘ayriqonuniy ravishda egallab, tungi vaqtda Samarqand shahar Ro‘dakiy ko‘chasi va boshqa joylarida fohishalik bilan shug‘ullanishlariga majburlagan.
Ta'kidlanishicha, bu shaxs 12 nafar fuqaroni zo‘rlik bilan ishlatib, har biridan kunlik 200 000 so‘mdan 500 000 so‘mgacha pullarni topish maqsadida foydalanib, ushbu yo‘l bilan topilgan pullarni o‘zida saqlab, shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflagan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “b” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. O‘tkazilgan tintuv tergov harakati davomida yuqoridagi shaxslarning fuqarolik pasportlari tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Hozirda O.K. jinoyat ishi doirasida JKning 135-moddasi 2-qismi “b,i” bandlari bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi tanlangan.
Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.