Budjet jarayonining shaffofligini ta'minlash tartibini buzganlik uchun javobgarlik joriy etiladi

O‘zbekiston 08:55 / 29.10.2020 2912

Hujjat bilan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.

Kodeksning 175-6-moddasi nomi va dispozitsiyasi yangi tahrirda bayon etiladi. Unda budjet so‘rovini, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etish tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilanadi.

Shuningdek, kodeks 175-7-modda bilan to‘ldiriladi. Unda budjet jarayonining shaffofligini ta'minlash tartibini buzganlik uchun javobgarlik haqida so‘z yuritiladi.

Qayd etilishicha, budjet jarayonining shaffofligini ta'minlash tartibini buzish mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi mumkin.

Ushbu jarimalar Hisob palatasi tomonidan qo‘llanilishi taklif etilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: