Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasiga qabul davom etmoqda

Jamiyat 11:57 / 29.10.2020 1640

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi 2020-2021 o‘quv yili uchun quyidagi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida kunduzgi va sirtqi ta'lim shakllariga qabul davom etayotganini ma'lum qiladi:

·       «Biznesni boshqarish (Master of Business Administration – MBA)». O‘qish muddati 2 yil.

·       «Loyiha boshqaruvi (Project Management)». O‘qish muddati 1 yil.

Magistraturaga kirish istagini bildirgan nomzodlar veb-sayt orqali Oliy maktab direktori nomiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda murojaat qiladi:

– davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik sub'yektlari birinchi rahbarlarining imzosi qo‘yilgan tavsiya xati;

– oliy ma'lumot to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi;

– 4x6 o‘lchamdagi rangli fotosurat;

– 086-u shaklidagi tibbiy ma'lumotnoma;

– pasport (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);

– ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat (agar mavjud bo‘lsa).

Magistraturaga kirish imtihonlaridan (suhbat va testdan) muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarning aslini yoki ularning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalarini Oliy maktabga taqdim etadi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: oliy ma'lumotga va oliy ta'lim muassasasini tamomlagandan keyin kamida uch yil ish stajiga ega, 45 yoshgacha (o‘qitishning faqat kunduzgi shakliga) bo‘lgan nomzodlar suhbat va test sinovlari natijalari bo‘yicha ochiq tanlov asosida qabul qilinadi.

Magistraturaga kirish uchun hujjat topshirish 2020 yil 6 noyabrgacha davom etadi

Qabul komissiyasining ish jadvali: dushanba – juma kunlari, soat 9:00dan 18:00gacha.

O‘qishga hujjat topshirish faqat elektron shaklda Oliy maktabning veb-sayti orqali kunning 24 soati davomida, qulay bo‘lgan vaqtda topshirish imkoniyati mavjud.

Batafsil ma'lumot: https://rgsbm.uz/uz/menu/priem-20202021

Telefonlar:

+99871 2390313

+99871 2390303

+99871 2390305

+99871 2390310

Veb-sayt: https://rgsbm.uz

Telegram: t.me/rgsbm_uz

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 25 uy.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: