Saida Mirziyoyeva Respublika bolalar kutubxonasini rekonstruksiya qilish boshlangani haqida ma'lum qildi

Jamiyat 21:35 / 28.10.2020 10604

Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha metsenat sifatida ishtirok etayotgan saxovatli insonlar ko‘magi bilan amalga oshirilmoqda.

«Bu g‘oya qalbimga juda yaqin, shuning uchun uni har tomonlama qo‘llab-quvvatladim va uni amalga oshirishda maksimal darajada yordam berishga harakat qildim.

Zamonaviy, texnologik kutubxonani yaratish bilan birga, binoning tashqi ko‘rinishini saqlab qolish ham juda muhim edi. Arxitektura yodgorligi bo‘lgan ushbu binoni Toshkent aholisi juda yaxshi ko‘radi, shuning uchun kutubxonani asl shaklida saqlab qolish biz uchun prinsipial masala edi, biz bunga alohida e'tibor qaratdik», – deb yozdi Saida Mirziyoyeva Telegram'dagi kanalida.

Mirziyoyeva Respublika bolalar kutubxonasi bolalar va ularning ota-onalari uchun milliy va jahon madaniyati adabiy ijodining eng yaxshi namunalarini o‘zlashtirishga yordam beruvchi asosiy madaniyat o‘chog‘iga aylanishiga umid bildirgan.

Ko‘proq yangiliklar: