Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonning 2020 yil 9 oyi davomidagi tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni e'lon qildi. Unga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida O‘zbekistonning eng ko‘p tashqi savdo aylanmasi Xitoy bilan bo‘lgan – 4,6 mlrd, bunda eksport – 1,4 mlrd, import 3,2 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan.
Keyingi o‘rinda Rossiya turibdi – 4,1 mlrd, eksport – 1,1 mlrd, import 3 mlrd AQSh dollari.
Yuqori uchlikni Qozog‘iston yakunlab beradi – 2 mlrd., eksport – 646,2 mln, import 1,3 mlrd AQSh dollari.
Shuningdek, O‘zbekistonning quyidagi davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi yuqori bo‘lgan:
Koreya – 1 mlrd 599,6 mln, eksport – 34,1 mln, import 1 mlrd 565,5 mln AQSh dollari.
Turkiya – 1 mlrd 434,1 mln, eksport – 650,9 mln., import 783,2 mln AQSh dollari.
Qirg‘iziston – 660,7 mln, eksport – 561,1 mln, import 99,6 mln AQSh dollari.
Germaniya – 574 mln, eksport – 51,3 mln, import 522,8 mln AQSh dollari.
Afg‘oniston – 542,9 mln, eksport – 541,3 mln, import 1,7 mln AQSh dollari.
Tojikiston – 358,8 mln, eksport – 289,1 mln, import 69,7 mln AQSh dollari.
Turkmaniston – 323,6 mln, eksport – 97,8 mln, import 225,9 mln AQSh dollari.
Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga 349,3 mln AQSh dollari qiymatidagi avtomobillar import qilingani haqida xabar berilgandi.