O‘zbekistonda 1 oktyabrdan to‘yxonalarda to‘y o‘tkazishga ruxsat berilgani ma'lum bo‘ldi

Jamiyat 16:27 / 28.10.2020 22956

«Koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalib ketishi oldini olish bo‘yicha Respublika Maxsus komissiyasining 2020 yil 30 sentyabrdagi yig‘ilish bayoniga asosan karantin choralarini yumshatish munosabati bilan 1 oktyabrdan to‘yxonalar faoliyatiga ruxsat etilgan», dedi Botir Qurbonov.

Uning ta'kidlashicha, bunda «barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda 100-200 kishiga emas, chegaralangan holda 30 kishiga uy sharoitida qilingan to‘yni to‘yxonalarda o‘tkazishga ruxsat berilgan».

«Bunda uzoq tumanlardan, yoki boshqa hududlardan mehmon chaqirmagan holda yaqin qarindoshlar ishtirokida to‘yxonalarda o‘tkazish mumkin bo‘lgan, ya'ni tug‘ilgan kun, to‘y, ma'raka va boshqa marosimlarni o‘tkazishga ruxsat berildi. Uniyam uzoq yarim tungacha emas, koronavirus infeksiyasining aholi o‘rtasida tarqalib ketishining oldini olish maqsadida chegaralangan vaqtda ruxsat etildi», dedi u. Shu bilan birga, «chegaralangan vaqt» aynan qaysi vaqt oralig‘ini qamrab olishiga aniqlik kiritilgan.

Ko‘proq yangiliklar: