«Qora mog‘or» davolash vositalaridan zararsizlantirmay foydalanish oqibatida kelib chiqadi» - Botir Qurbonov

Jamiyat 15:17 / 24.06.2021 8249

Kun.uz muxbiri xabar berishicha, Botir Qurbonov Toshkent viloyatidagi Zangiota maxsus shifoxonasida bemorlar sonining oshishi ayrim xorijiy manbalar tomonidan respublikaga “hindcha” shtamm kirib kelgani bilan bog‘lanayotganini aytib, bu ma'lumotlarning asossiz ekanini ma'lum qildi.

“Hindcha” shtamm Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazida aniqlangan. Ammo bu shtamm aniqlangan fuqaro va uning qaysi davlatdan kirib kelgani haqidagi barcha ma'lumotlar hali ochiqlanmadi. Shu kecha-kunduzda bu haqda to‘liq ma'lumot beriladi. Bu shtammning kirib kelishidan juda qo‘rquvga tushish shart emas. Lekin bu shtamm nisbatan tez yuquvchanligi va og‘ir kechishi bilan boshqalaridan ajralib turadi”, dedi SES boshlig‘i o‘rinbosari. 

Uning ta'kidlashicha, ushbu shtamm hozirgacha dunyoning 80ta davlatida aniqlangan bo‘lib, O‘zbekistonda ham shu paytga qadar bu davlatlar bilan aloqalar mavjud edi. Bu davlatlarda hozirgi kunda “qora mog‘or” kasalligi ham katta xavf solib turibdi.

“Qora mog‘or” boshqa turdagi kasallik bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorning nafas olish apparatlari yoki boshqa davolash vositalarining zararsizlantirilmasdan foydalanilishi oqibatida kelib chiqadi. O‘zbekistonda esa bunday jihozlarning aksariyati bir marta ishlatishga mo‘ljallangan va bu zaxira 3 oyga yetadi”, deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ko‘proq yangiliklar: