Dunyoda to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar oqimi ikki barobarga kamaygani ma'lum bo‘ldi

Iqtisodiyot 22:23 / 27.10.2020 3111

To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya oqimi 2020 yilning birinchi 6 oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 49 foizga pasaydi. Chuqur retsessiya ta'siri ostida bu pasayish yil oxiriga qadar ham 40 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda BMT ma'lumotiga asoslanib, «Reuters» yozmoqda.

BMT ma'lumotiga ko‘ra, Yevropa iqtisodiyotida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimidagi pasayish tufayli 7 milliard dollar yo‘qotildi. Bunday salbiy pasayish birinchi marta qayd etilmoqda. AQSh iqtisodiyotida esa qisqarish 61 foiz bo‘lgan. To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya oqimining xalqaro miqyosda pasayishiga ko‘pchilik pulni ushlab turgani va aksar hollarda sarmoya kiritish kechiktirilgani sabab bo‘lgan.

«Bu yil to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya oqimi xalqaro miqyosda deyarli yarim baravar qisqardi. Bu biz kutgandan ham yomonroq natija. Investitsiya oqimi yil oxirigicha 30-40 foizga pasayishi, 2021 yilda esa 5-10 foizga qisqarishi kutilmoqda», degan BMT vakili Jyeyms Jan.

Odatda xalqaro pul o‘tkazmalarining 80 foizi rivojlangan davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi, shuning uchun investitsiya oqimidagi pasayish ularga ko‘proq (98 milliard dollar) zarar yetkazgan. Bunday pasayish oxirgi marta 1994 yilda kuzatilgan edi.

2019 yil to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya oqimini qabul qiluvchi asosiy davlatlar Italiya, AQSh, Braziliya va Avstraliya edi. Bu yilgi pasayish ularga nisbatan ko‘proq sezilgan. Xitoy esa bu pasayishdan qochishga urinmoqda. Chin o‘lkasida to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar elektron tijorat tizimi, maxsus texnika xizmatlari, tadqiqot va ishlanmalarga yo‘naltirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: