«Grand Pharm Trade» kompaniyasi «Eurasian Pharma Award» mukofotining «Yil distribyuteri» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi

Jamiyat 20:00 / 26.10.2020 4274

2020 yilning 14 oktyabridan 21 oktyabriga qadar Advatix Pharma platformasida navbatdagi Yevrosiyo Farmatsevtika Virtual Sammiti tashkillashtirildi. Bu tadbirda Yevrosiyo ittifoqining 13 ta davlatidan (Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ozarboyjon, Qirg‘iziston, Belarus, Armaniston, Ukraina, Gruziya, Moldova, Turkmaniston, Tojikiston, Mo‘g‘uliston) farmatsevtika bozorining 100 ga yaqin ishtirokchilari qatnashdilar. 

2020 yilning 21 oktyabrida Sammit yakuniga ko‘ra natijalar sarhisob etildi va 13 nominatsiya bo‘yicha Eurasian Pharma Award mukofotiga sazovor bo‘lganlar e'lon qilindi.

Mustaqil hakamlar bahosiga ko‘ra «Yil distribyutori» «Grand PharmTrade» (O‘zbekiston) kompaniyasi eng yaxshi deb topildi.

«Yil distribyutori» nominatsiyasi bo‘yicha mukofotni qabul qilib olarkan kompaniya hissadori Azizxo‘ja Abbosxo‘jayev pandemiya davom etayotgan murakkab davrda butun jamoa bilan amalga oshirilgan ulkan ishlarning hosilasi o‘laroq erishilgan bu yutuqning ahamiyati katta ekanligini bildirdi.

«Grand Pharm Trade» kompaniyasi xodimlarining mehnatlari samarasiga ko‘ra bu tanlovda hakamlarning yuqori bahosi va mukofot olish katta sharaf.

Kompaniyaning yuksak darajadagi professional jamoasi murakkabliklarga qaramay o‘z oldiga yirik maqsadlar qo‘yishda davom etadi. O‘z faoliyatimizning ustuvor vazifasi sifatida biz eng innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda iste'molchilarga keng qamrovli, yuqori sifatdagi dori vositalari va tibbiy buyumlarni uzluksiz yetkazib berishni ko‘ramiz.

SAP dasturi orqali hisob-kitob, nazorat va boshqaruv tizimining joriy qilinishi kompaniyaga xarajatlarni qisqartirish, mahsulotlar zaxirasida kapitalni muzlatib turishni kamaytirish, jamoa mehnati samarasi va mahsulotlar aylanuvini oshirish, shuningdek moliyaviy oqimlar nazoratni kuchaytirish imkonini berdi», – dedi A.Abbosxo‘jayev.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: