«Turkiyada qolgan akam sog‘aysin deb kunlik ishga chiqyapmiz» – bemor jigari uchun mosh terib pul yig‘ayotgan singil hikoyasi

Jamiyat 12:27 / 23.10.2020 9030

 Doimiy mushtariylarimiz yaxshi eslaydilar, «Talaba yigit og‘ir dardga chalindi – yordam zarur» sarlavhali xayriya e'lon qilgandik va unda O‘zbekiston Milliy Universiteti 2-kurs talabasi Komiljon Tojiboyev haqida so‘z borgandi.

 Endigina 20 yoshga kirgan Komiljon Tojiboyevga 2018 yilda «Tizimli gemorragik vaskulit, buyrak va terini zararlashi bilan kechishi, ikkilamchi glomerulonefrit» tashxisi qo‘yilgan.

«Ahvoli og‘irligi sabab bizdagi hech bir shifoxona zarur operatsiyani amalga oshira olmadi. Majburlikdan Hindiston va Turkiyadagi yetakchi klinikalar bilan bog‘landik va operatsiya haqida kelishdik. Hech kimning bolasi kasal bo‘lmasin ekan. Zarur bo‘lsa, farzandim uchun nafaqat buyragimni, balki jonimni ham berishga tayyorman», – degandi biz bilan suhbatda ota.

Kun.uz mushtariylarining ko‘magi bilan shifo izlab Turkiyaga yo‘l olgan Komiljonni yana bir jiddiy sinov kutadi – yigit koronavirusga chalinib qoladi. Qo‘llaridagi mablag‘ning bir qismi shu kasallikni davolashga sarflanadi.

– Dadam bilan opam akamni olib xorijga ketishgan. Ularning pulsiz qolganlarini, shu bois davolanishlar kechikayotganini eshitib juda xafa bo‘ldim. Oilamiz dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Men va 14 yoshli singlim hozir mosh terimiga chiqyapmiz va topgan pulimizni akamga jo‘natish uchun to‘plab qo‘yyapmiz. Lekin bunday qilib ishlaganimiz hecham ko‘paymayapti... – deydi Komiljonning singlisi, 17 yoshli Madina Tojiboyeva.

 Komiljon Tojiboyevga oid ma'lumotlar:

O‘zkard: 8600 1309 4793 6177 (Asakabank, o‘z nomida)

8600 0609 5742 4998 (Xalq banki, onasi Mastura Ahmedova nomida)

Viza: 4097 8201 2020 1287 (otasi Fayzulla Ahmedov nomida)

Sberbank: 4276300019677338 (Ivan Baklanov nomida)

Telefon: +905526766348 (Turkiyadagi otasi raqami)

Singillar akalari uchun jonu-jahonini berishga tayyorlar. Bu silai-rahmni ko‘rib bo‘g‘zingiz tiqiladi. Bu savobli ishda buyuk ibrat ham bor. Aka orqali singillarga yordam beraylik...

 Abror Zohidov.

Ko‘proq yangiliklar: