Mass-mediadagi uchrashuvda Germaniya elchisi O‘zbekistonda OAV sohasidagi islohotlar haqida gapirdi 

O‘zbekiston 14:22 / 22.10.2020 1645

Bugun, 22 oktabr kuni Mass-media fondida Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Gyunter Overfeld bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Fond xabariga ko‘ra, uchrashuvda har ikki tomonni qiziqtirgan mavzular muhokama qilinib, yaqin hamkorlik o‘rnatishga kelishib olingan.

«Men ham ushbu fikrga qo‘shilib, yana bir bor ta'kidlamoqchimanki, bizning mamlakatimiz Germaniya va bizning federal hukumatimiz hamda O‘zbekistondagi elchi sifatida men, albatta, O‘zbekistonda aynan jurnalistika va matbuot erkinligi sohasida juda katta natijalarga erishilgani va bu yo‘nalishda shahdam qadamlar tashlanganiga urg‘u bermoqchiman», – degan Germaniya elchisi Gyunter Overfeld.

Mass-media fondi raisi Komil Allamjonov o‘tgan oyda Buyuk Britaniya elchisi bilan ham uchrashuv o‘tkazgandi.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida Germaniyadagi taniqli va yetakchi fikr markazlaridan biri – SWP xalqaro va xavfsizlik ishlari instituti nashrida «O‘zbekistonning o‘zgarishi. Strategiya va istiqbollar» nomli tadqiqot ishi e'lon qilingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: