24 oktabr kuni NRG kompaniyasi Mirzo Ulugbek turar joy majmuasining ikkinchi bosqich sotuviga start beradi

Jamiyat 15:30 / 22.10.2020 5493

NRG kompaniyasi yangi formatdagi Mirzo Ulugbek turar joy majmuasi sotuvini 5 sentyabrda boshlagan edi. Ushbu kunda Mirzo Ulug‘bek tumanining qoq markazida o‘z segmentiga xos maqbul narxlardagi nufuzli, ishonchli va shinam turar joy majmuasining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Birinchi kunning o‘zidayoq birinchi bosqichdagi xonadonlarning uchdan bir qismi sotib bo‘lindi, xaridorlarga esa mazkur yangi qurilgan loyiha va majmua manzili xush yoqdi. Yangi NRG Mirzo Ulugbek turar joy majmuasidagi xonadonlarga bo‘lgan yuqori talabni inobatga olib, NRG kompaniyasi sotuvning ikkinchi bosqichi boshlanganini ma'lum qildi.

Kompaniya mijozlari shovqinli katta shaharning qoq markazida tinchlik va osoyishtalik hukmron bo‘ladigan NRG Mirzo Ulugbek turar joy majmuasining qulay joylashganligini yuqori baholashdi. Bu shovqinlardan uzoqda yashash va ayni vaqtda shinam shahar hayoti bilan yashashning betakror uyg‘unligidir. Yaxshi ijtimoiy va transport infratuzilmasi barcha bo‘lajak majmua aholisi uchun NRG Mirzo Ulugbek turar joy majmuasini deyarli eng maqbul yashash maskaniga aylantiradi. Majmuaga bir qadam masofada 8 ta bolalar bog‘chasi, 5 ta maktab, 2 ta oliy o‘quv yurti, 4 ta sport majmuasi, 2 ta istirohat bog‘i hamda 6 ta tibbiyot muassasasi, bozor, ko‘plab kafe, restoran, do‘kon, dorixona va boshqalar joylashgan.

Qulay manzildan tashqari, Mirzo Ulugbek turar joy majmuasi ushbu majmuada to‘kis hayot kechirish uchun barcha shart-sharoitlarni taklif etadi. Xususan, puxta o‘ylangan arxitektura, ko‘kalamzorlashtirish tizimi, avtoulovlardan xoli bo‘lgan hovli, yerosti va yerusti avtoturargohi shular jumlasidandir. Shuningdek, boshqa qulayliklar ham yaratilgan bo‘lib, o‘yin va sport maydonchalari, bolalar aravachalari uchun yo‘laklar, bolalar zonasi, eng yaqin insonlar bilan iliq suhbatlar qurishga mo‘ljallangan shaxsiy choyxona va boshqa qulayliklar majmua aholisining shinam hayoti uchun yaratilgan. Loyihaning eng muhim jihati – birinchi qavatlardagi xonadonlarda o‘z shaxsiy hovlisiga ega bo‘lgan City Houseꞌdir (takliflar soni cheklangan).

NRG kompaniyasi har bir mijozga ilk daqiqalardanoq nafaqat qulaylik va iliqlikni his qilishi, balki puxta o‘ylangan tafsilotlarni ko‘rishi uchun namoyish qavati, namoyish yo‘lagi va namoyish xonadoniga tashrif buyurib, bo‘lajak loyiha interer yechimlarining barcha afzalliklari hamda turli xildagi tanlovlarini jonli baholash imkoniyatini taqdim etadi. Kompaniya mijozlarning qurilish bosqichida bo‘lajak aholining qulay, sifatli va vizual estetik hayoti uchun zamonaviy yechimlarni amalga oshirish uchun ularning xohish-istaklarini inobatga oladi.

Dupleks, tripleks va boshqa formatda xonadonlarni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lgan baland shiftli (qariyb 4 metr) xonadonlar alohida e'tirofga loyiqdir. Bu hali hammasi emas, NRG o‘z imkoniyatlari doirasini kengaytirmoqda. Kompaniya barcha ishlarning sifatli bajarilishi hamda loyihani o‘z vaqtida foydalanishga topshirish majburiyati kabi kafolat shartlarini taklif etadi. Har bir mijoz shartnomada qayd etilgan sifatdan 100% qoniqish hosil qilgandagina, xonadonni qabul qilish dalolatnomasini imzolaydi.

Smart-remont qo‘shimcha xizmatiga buyurtma berilganda, mijozdan ta'mirlash bilan bog‘liq noqulayliklardan yiroq bo‘lgan holda, faqatgina xonadonni quruvchi kompaniyadan ishlarni qabul qilish talab etiladi.

Majmuaning bo‘lajak aholisining umumiy mulkiga xizmat ko‘rsatish NRG Cliens – yuqori malakali boshqaruv kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi va bu majmuada shinam hayot kechirishni ta'minlaydi.

Loyihani amalga oshirishning barcha bosqichlarida ishonchli texnik va muhandislik yechimlari va qurilish sohasining ilg‘or standartlari qo‘llaniladi.

NRG Mirzo Ulugbek turar joy majmuasi – yuqori shinamlik ila uyg‘un holdagi eng maqbul makon!

Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak Yo‘li metro bekati, Sayram ko‘chasi, 26-uy.

Sotuv ofisining ish vaqti: 10.00 dan 21.00 gacha.

Telefon: 1060

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: