Yanada yaqinroq: «Kapitalbank»da 0% dan pul o‘tkazmalari

Jamiyat 16:30 / 21.10.2020 2779

«Kapitalbank» ATB filiallarida pul o‘tkazmasini dunyoning istalgan nuqtasiga bir necha daqiqada quyidagi tizimlar orqali qabul qilish yoki yuborish mumkin: Western Union, Money Gram, Contact, SWIFT, Unistream va «Zolotaya Korona».

Pul o‘tkazmasini yuborish uchun siz shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishingiz, mamlakat va shaharning nomini, shuningdek qabul qilib oluvchining ismi va familiyasini ko‘rsatishingiz lozim. Bank operatorlari naqd shakldagi pulni ham, naqdsiz shakldagi pulni ham qabul qiladilar. Bir martalik pul o‘tkazmasi miqdori tizim va tarifga qarab 100 million so‘mgachani tashkil etishi mumkin.

Shuningdek, «Kapitalbank»da 0% dan jozibali tariflar ham amal qiladi. Taklif faqat ikki valutali pul o‘tkazmalariga taalluqlidir.

«Ikki valutali pul o‘tkazmalarni amalga oshirishda barcha tizimlarda komissiyasiz tariflar amal qiladi. Bu nimani anglatadi? Ikki valutali pul o‘tkazmasi amalga oshirilganda, chiqarish valutasi yuborish valutasidan farq qiladi (konvertatsiya tizim kursi bo‘yicha amalga oshiriladi). Masalan, siz Toshkentdan 100 AQSh dollarini jo‘natyapsiz, Moskvada esa qabul qiluvchiga amaldagi kurs bo‘yicha Rossiya rublida beriladi», - deb tushuntirdi chakana biznes departamenti direktori Naima Mirzayeva.

«Kapitalbank»ning rasmiy saytida qulay pul o‘tkazmasi shaklini tanlash va tariflar bilan tanishishingiz mumkin.

«Kapitalbank» ijtimoiy tarmoqlarda:

Facebook: fb.com/kapitalbank.uz

Instagram: @kapitalbank.uz

Telegram-kanal: t.me/kapital24

Telegram-bot: @KapitalbankBot

«Kapitalbank»ning yagona axborot xizmati: +99871 200-15-15

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: