«Grand Pharm Trade» kompaniyasi SAP Value Awards 2020 tanlovining oltin mukofotiga sazovor bo‘ldi

Jamiyat 20:00 / 21.10.2020 4653

«Grand Pharm Trade» kompaniyasi O‘zbekiston dori vositalari va tibbiy buyumlar bozorining yetakchilaridan biri hisoblanadi. Kompaniya o‘z faoliyatini beshta yo‘nalish bo‘yicha olib boradi:

  • Ulgurji savdo;
  • Distributsiya;
  • «Best Pharm» franshizalarini sotish;
  • «Grand Pharm» shaxsiy dorixonalar tarmog‘ini boshqarish;
  • «GoPharm» onlayn-savdo va dori vositalari yetkazib berish.

Ayni paytda dorixonalar tarmog‘ida 295 ta dorixona va ularni mahsulot bilan ta'minlovchi 4 ta omborxona mavjud. Shuningdek, 10 ta distribyutorlik omborlari O‘zbekiston bo‘ylab 5 mingdan ortiq mijozlarga (dorixonalar va tibbiy maskanlarga) xizmat qiladi.

Kompaniya IT-mahsulotlar va innovatsion loyihalar rivojiga hamisha alohida e'tibor beradi. Bu esa o‘z navbatida barcha mijozlar uchun taqdim etilayotgan mahsulotlar va xizmatlar jozibadorligini oshirishda qo‘l keladi. Ana shunday loyihalardan biri – barcha jarayonlar integratsiyasi va hisob-kitobini olib borish uchun SAP S4/HANA mahsulotini joriy etish, omborlar faoliyatini boshqarishni kengaytirish uchun SAP EWM tizimini yo‘lga qo‘yish ortidan biznes-jarayonlar islohoti hamda maqbullashtirilishi amalga oshirildi.

Loyiha doirasida barcha biznes-jarayonlar dunyoning bunday mahsulotlardan foydalanuvchi kompaniyalaring eng yaxshi amaliyotlariga ko‘ra muvaffaqiyat bilan o‘zgartirildi. Qo‘yilgan yirik vazifalarga qaramay, loyiha rekord qisqa muddat – 9 oy ichida amalga oshirildi va 2020 yilning 2 yanvarida ishga tushirildi. Mazkur loyiha bo‘yicha mana bu havola orqali batafsil tanishish mumkin.

Loyihaning asosiy maqsadi kompaniya faoliyatini yanada takomillashtirish, imkon qadar ko‘proq xaridorlarga keng qamrovli dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlarni o‘z vaqtida, yuqori sifat va hamyonbop narxlarda yetkazib berishdan iborat.

Loyiha muvaffaqiyatining isboti sifatida yorqin voqelik – SAP Value Awards 2020 tanlovida «Grand Pharm Trade» kompaniyasi ilk bor qatnashgani holda nufuzli sovrin – «Logistika raqobatbardoshlikni oshirish uchun» nominatsiyasida oltin mukofotga loyiq ko‘rilgani bo‘ldi. Bu mukofot doirasida ekspert-hakamlar SAP mahsulotlarini amalga kiritayotganlarni tanlashadi. Baholashning asosiy mezonlari esa transformatsiya natijasida erishilgan muhim natijalar, jarayonlarni maqbullashtirish va soddalashtirish, shuningdek, loyihani boshqarishda professionallik va buning ortidan kompaniya resurslari cheklangan holda eng yuqori natijaga erishish kabilardir. Bu tanlov ishtirokchilari Rossiya va MDH davlatlari kompaniyalari bo‘ldi.

Loyiha bo‘yicha innovatsiyalar va ichki jarayonlar samaradorligini oshirish doirasida erishilgan natijalar «Grand Pharm Trade» kompaniyasiga hududlarda yanada kengayish va kuchliroq rivojlanish borasida katta ustunlik beradi. Bu esa o‘z navbatida kompaniya oldiga qo‘yilgan maqsad – dori vositalari va tibbiy buyumlar bozorida hududiy yetakchiga aylanishda muhim rol o‘ynaydi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: