Tadbirda “Uzbekistan Airways” rahbariyati va xodimlari, Toshkent aviatsiya transport prokuraturasi vakillari, Toshkent Davlat Transport universiteti o‘qituvchilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
“Uzbekistan Airways” AJ boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari Umid Husanov barcha ishtirokchilarni 21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan tabriklab, o‘zbek tili bebaho ma'naviy boyligimiz ekanligini alohida ta'kidladi.
- Ona tilimiz milliy ma'naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning, nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir, - dedi u.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod tadbirda o‘z she'rlaridan o‘qib berdi.
Shuningdek, tadbir davomida mehmonlar o‘z taqdimotlari va tayyorlangan videoroliklarini namoyish etdilar.