Gibrid shakldagi ta'lim hali davom etadi – XTV

Jamiyat 16:26 / 19.10.2020 9215

Yoki xohlagan ota-ona bolasini onlayn o‘qitishni davom ettirsa bo‘ladimi, deya berilgan savolga javob qaytarildi.

«Butun dunyodagi singari yurtimizda ham pandemiya hali barqarorlashgani yo‘q. Shu sababli gibrid shakldagi ta'lim hali davom etadi.

Ya'ni farzandi salomatligidan xavotir oladigan, uydagi karantin holati yaxshi bo‘lmagan ota-onalarning fazandlari masofaviy shaklda ta'lim olishni davom ettirishlari mumkin.

Bugungi kunda respublikamizdagi 10 ming 8ta maktabdan 9 ming 990tasi ya'ni 99,8 foizi to‘laqonli ravishda ishlamoqda. O‘quvchilardan 4,5 mln nafari, ya'ni 72 foizi an'anaviy, qolgan 1,7 mln nafari, ya'ni 28 foizi onlayn shaklda tahsil olmoqda.

O‘quvchilarning masofaviy shaklda ta'lim olishi bekor qilingan taqdirda ham bugun Onlayn-maktab loyihasi uzatilayotgan telekanallardan qo‘shimcha ta'lim olish uchun foydalanish ko‘zda tutilgan, bu esa hududlardagi ko‘pchilik maktablardagi o‘quvchilarga sifatliroq qo‘shimcha ta'lim olish uchun imkoniyat beradi», dedi vazirlik vakili AOKAda o‘tkazilgan brifingda.

Ko‘proq yangiliklar: