Sardoba toshqinidan jabrlangan 42ta oilaga 126 million so‘m xayriya mablag‘i topshirildi

Jamiyat 21:30 / 18.10.2020 3483

17 oktabr kuni aksiya doirasida Sirdaryo viloyatining Sirdaryo, Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlarida yashovchi 42ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga 126 mln so‘m miqdorida xayriya mablag‘lari topshirildi.

Ular orasida boquvchisini yo‘qotgan ayollar, yolg‘iz keksalar va nogiron bolajonlar ham quvonchga to‘lishdi.

«Xayriya aksiyamizni amalga oshishida bizga ko‘mak bergan barcha saxovatpesha insonlarga, "Ziyo Forum" ilm-fan va ta'lim-tarbiyani rivojlantirish fondi direktori Bobur Farmonovga, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayevga hamda AQSh va Kanadadagi o‘zbekistonlik vatandosh uyushmalari "Give to Get International Inc» xayriya jamg‘armasiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz», – dedi aksiya tashkilotchilaridan biri Hikmatilla Ubaydullayev.

Ko‘proq yangiliklar: