Artel Simfoniya oshxona plitalari qanday qulayliklarga ega? Loyiha ishtirokchilaridan maxsus taqdimot

Jamiyat 11:39 / 18.10.2020 14656

Artel o‘z mijozlarini xursand qilishda davom etadi. Bu safargi yangilik ayniqsa dilbar xotin-qizlarimizni befarq qoldirmasligi aniq. Kompaniyaning izlanishdan charchamaydigan xodimlari yangi Simfoniya 04-Ye va Simfoniya 02-G oshxona plitalarini taqdim etdi.

Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, Artel'ning yangi oshxona plitalari o‘zlarida qulay va zamonaviy texnologiyalarni mujassam etgan. Ularda taom tayyorlash yuqori darajada qulay, taomlar esa haqiqatda estetik rohat baxsh etadi. Yangi oshxona plitalarining barcha texnik ustunliklari bilan batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

Shuningdek, Artel Simfoniya oshxona plitalarida hozirgi kundagi ilg‘or va zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan. Uning jozibador, ammo jiddiy tashqi ko‘rinishi har qanday xonadon intereriga a'lo darajada to‘g‘ri keladi.

Ushbu maqtovlar haqiqatan ham to‘g‘ri ekanligiga ishonch hosil qilish uchun Artel’ning gaz plita va mini pechlar ishlab chiqariluvchi zavodiga tashrif buyurdik va hammasiga o‘zimiz guvoh bo‘ldik. Ekskursiya shaklida o‘tgan tanishuvda zavod faoliyati bilan yaqindan tanishdik.

Artel’ning gaz plitasi va mini pech zavodi ishlab chiqarish bo‘yicha rahbar o‘rinbosari Bunyod Hasanov zavodda mahsulot qay tartibda ishlab chiqarilishi haqida jurnalistlar va mehmonlarga batafsil to‘liq axborot berdi.

Bunyod Hasanovning aytishicha, gaz plitalari va mini pechlari ehtiyot qismlarining 80 foizga yaqini mahalliy ishlab chiqaruvchilar hissasiga to‘g‘ri keladi. Qolgan xomashyo esa asosan Turkiya, Ispaniya, Italiyaning yetakchi brend kompaniyalaridan keltiriladi. Zavodda 100 turdan ortiq gaz plitalari va mini pechlar ishlab chiqariladi. Zavodda ishchilar malakasiga ham alohida e'tibor berilishi ta'kidlandi. 1400 nafarga yaqin xodimlar har 3 oyda ishlab chiqarish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tashkil etilgan o‘quv treninglarida ishtirok etishadi.

Jurnalistlar va mehmonlar ishtirokida tanishuv yakunlangach, Simfoniya 04-Ye va Simfoniya 02-G gaz plitalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda loyiha rahbari va bosh konstruktor gaz plitalari qanday “dunyoga kelganligi” haqida qisqacha ma'lumot berishdi. Shuningdek, ularning bir qator afzalliklarini sanab o‘tishdi.

Masalan, gaz plitalaridagi Multi Flame texnologiyasi yordamida pishirish jarayonini yanada tezlashtirib, gazni 20 foizgacha tejash mumkin. Bu qanday ishlaydi? Konforkadan chiquvchi olov ko‘plab kichik teshiklardan o‘tib, qozonning pastki qismida to‘g‘ri taqsimlanadi. Qozonni tezda qizitish va gazni tejash siri aynan olovning to‘g‘ri taqsimlanishida.

Shuningdek, yangi oshxona plitalariga  gaz nazorati  funksiyasi o‘rnatilgan. Gaz nazorati sizning xavfsizligingizni ta'minlaydi va olov to‘satdan o‘chib qolgan hollarda, avtomatik tarzda gaz ta'minotini to‘xtatadi.

Qadrli opa-singillarimiz uchun yana bir qulaylik mavjud. Gaz pechiga qo‘yilgan xamirli mahsulotni to u pishgunicha joyini almashtirib turish hammamiz uchun birday noqulay vaziyat. Simfoniya guruhidagi gaz pechlarida esa bunga hojat yo‘q. Konveksiya tizimi duxovka ichidagi issiq harorat bir maromda taqsimlanishini ta'minlaydi. Bir maromda taqsimlangan issiq harorat pishiriqni har tomonlama – ham ichidan, ham tashqarisidan bir xil qilib pishiradi.

Shuningdek, teatr tomoshasi ko‘rinishida o‘tgan taqdimot mehmonlarga o‘zgacha xushkayfiyat ulashdi. Jurnalistlar va mehmonlar gaz plitasi va pechlari ishlab chiqarilish jarayoni bilan yaqindan tanishishdi. Xullas, Simfoniya 04-Ye va Simfoniya 02-G gaz plitalarini xarid qiling va ilhombaxsh pazandalik zavqidan bahramand bo‘ling.

Qo‘shimcha tafsilotlar uchun rasmiy veb-sayt artelgroup.org/category/ranges yoki Facebook'dagi rasmiy sahifaga fb.com/arteluzb tashrif buyuring.

Buyurtma qilish uchun: +998 78 777-10-10

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: