Regal Stay mehmonxonasi: tashrif unutilmas onlarni taqdim etadi!

Jamiyat 13:55 / 17.10.2020 9193

Bugun Toshkent shahrida premium-darajadagi mehmonxonalar safi yana bittaga kengaydi. Zamonaviy mehmonxona tushunchasining barcha jihatlarini qamrab olgan Regal Stay Hotel aziz mehmonlar uchun eshiklarini ochmoqda!

74 ta xonaning har biri nozik didli mijozlarning barcha istaklarini hisobga olgan holda jihozlangan va bu maskanga tashrif buyurish unutilmas onlarni taqdim etadi.

Regal Stay Hotel mehmonxonasida oshxona tizimiga alohida ahamiyat qaratilgan. Milliy va xorijiy taomlarni a'lo darajada tayyorlovchi «Jyemchujina Vostoka» gastrobari maxsus shved stolidan iborat nonushta hamda muassasa menyusidagi va xonagacha yetkazib berish qulayligi bilan turli xil taomlarni taklif etadi.

Ta'kidlash joizki, gastrobar faqatgina mehmonxona mehmonlariga emas, balki barcha tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Mehmonxonadagi basseyn, sauna, jakuzi, fitnes, turk hammomini o‘z ichiga olgan SPA markazida ham chiniqish, ham ish kunidan so‘ng hordiq chiqarish imkoni mavjud.

Shuningdek, Regal Stay Hotel turli tashkilotlar va tadbirkorlarga yuqori darajadagi xizmatlarni taklif etadi: biznes formatidagi tadbirlar o‘tkazish uchun konferens-zal, turli yordam xizmatlarini taklif qiluvchi biznes markaz, muzokaralar uchun xonalar shular jumlasidandir.

Yangi mehmonxonaning yana bir ustunlik jihati qulay joylashuvi bo‘lib – xalqaro aeroport va temiryo‘l stansiyasiga yaqin hududda ekanligi poytaxt mehmonlari uchun qo‘shimcha qulaylik yaratishi aniq.

Regal Stay Hotel’da har bir mijoz o‘z talablari va dididan kelib chiqqan holda turli qulaylikdagi xonalarni tanlashi mumkin.

Standard twin – ikkita alohida karavot va yuvinish xonasini o‘z ichiga oladi. Xona intereri och va jigarrang tusda, zamonaviy jihozlangan. Istakka ko‘ra, karavotlarni birlashtirish ham mumkin. Deluxekatta hajmli karavot va vannaxonasiga ega. Dizaynerlik jihozlari va yoqimli rangli interer xushkayfiyat bag‘ishlaydi. Studio suitequlaylik ishtiyoqmandlari uchun shinam xona. Tamaddi, noutbukda ishlash, televizor tomoshasi uchun alohida joy hozirlangan. Iqlimni boshqarish tizimi esa har qanday ob-havoda qulaylikni his qilish imkonini beradi. Luxklassik interer, osoyishtalik ruhini beruvchi sokin ranglar jilolanuvchi ikki xona. Yotoqxona keng karavot va qulay javon bilan jihozlangan. Vannaxonaga ham mehmonxona, ham yotoqxona orqali o‘tish mumkin. Regal suitemehmonxona, muzokaralar xonasi, shinam yotoqxona, terrasa va ikkita vannaxonaga ega bo‘lgan eksklyuziv xona. Klassik uslubdan chekinmagan holda haqiqiy aristokratona muhitni his qilishni istovchilar uchun ayni muddao.

Yuqoridagi qulayliklardan tashqari, har bir xonada:

  • Wi-Fi;
  • seyf;
  • konditsioner tizimi;
  • zamonaviy televizor;
  • dush;
  • sochiqlar to‘plami;
  • shaxsiy gigiyena vositalari;
  • soch quritish uchun fen mavjud.

Xodimlarning malakasi respublikada bir necha mehmonxona qurilishi va ochilishini yo‘lga qo‘ygan Hotel Pro kompaniyasi professional mutaxassislari tomonidan oshirilgan.

Yangi Regal Stay Hotel osudalik va qulaylik ishtiyoqmandlariga yaxshi hordiq hamda samarali ish kunini boshlash imkoniyatini taqdim etadi!

Biz sizni sifatli xizmatimiz bilan xushnud etishdan mamnunmiz!

Manzil: Toshkent shahri, Qushbegi ko‘chasi, 11A-uy.

Telefonlar: +99878 113-06-60, +99890 000-00-90

Batafsil ma'lumot: regalstay.uz

Elektron pochta manzili: reservation@regalstay.uz

Instagram: @regalstayhotel

Facebook: fb.com/regalstay.uz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: