Chexiyada COVID-19 holatlari bo‘yicha sutkalik rekord yangilandi

Jahon 18:50 / 17.10.2020 2817

Chexiyada oxirgi sutkada pandemiya boshlanganidan buyon koronavirus yuqtirish holatlari aniqlanishi bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etildi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

 Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining oxirgi ma'lumotlariga ko‘ra, tasdiqlangan COVID-19 holatlari soni 11,1 mingdan oshgan. Bu bir kun ilgarigiga nisbatan 1,4 mingtaga ko‘pdir.

Chexiyada qatorasiga uchinchi kundirki, yangi holatlar aniqlanishi bo‘yicha rekord qayd etilmoqda. Pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatda 160,1 mingdan ortiq bemor qayd etilgan, ulardan 1,2 ming nafari vafot etgan.

 Sog‘liqni saqlash vazirligi yuqori ko‘rsatkich yana ikki hafta saqlanib turishini, so‘ngra keskin cheklov choralari tufayli pasayishini taxmin qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: