«Suv keldi, 7 oila tarqalib ketdik» – Sardoba toshqinini birinchi qabul qilgan mahallada yashovchi Saidazim ota hikoyasi

Jamiyat 10:57 / 15.10.2020 22521

– Assalomu alaykum ota, yoshingiz nechada, farzandlardan nechta?

– Men Saidazim Jumanov 77 yoshdaman. 9 farzandim – 5 qizim, 4 o‘g‘lim bor, hammasini uylab-joylaganman. Nevaralar 25 nafar, 2 chevaram ham bor. Mana shu joyni bog‘ qilib, qo‘ylarni aylantirib yuribman.

– Suv ombori sizlarga qancha masofada joylashgan? Umuman, o‘sha suv bosgan kunlari haqida hikoya qilib bersangiz.

– Sardoba suv ombori uyimizdan 5 kilometr masofada joylashgan. 1 may kuni ertalab soat 4:30da shu xabar keldi. Biz darhol qo‘ni-qo‘shnilarni ham uyg‘otib, katta yo‘l sari ketdik. Shu kuni soat 6:30da shu yerga 3 metr 20 santimetr balandlikda suv kelgan va hamma joyni bosib ketgan. Men oilam bilan Jizzax shahriga, farzandlarimdan kimdir Mirzacho‘lga, kimdir Zominga, yana kimlardir bog‘chalarda vaqtincha yashash joylariga ketishdi. 7 oila tarqalib ketdik, xullas. 23 may kuni qaytdik.

– Odamlarga zarar yetmadimi, jarohatlanganlar, halok bo‘lganlar haqida nima deysiz?

– Xudoga shukr, jarohatlanganlar yoki o‘lim holatlari bo‘lmadi. Chorvamizga zarar yetdi, o‘zimning 6 qo‘chqorim nobud bo‘ldi. Harbiylar kelib hududimizni tozalab berishdi. Bugun mana prezidentimiz kelib yangi uylarni topshiryapti, juda minnatdormiz albatta.

Abror Zohidov suhbatlashdi,
tasvirchi Nuriddin Nursaidov.

Ko‘proq yangiliklar: