Bu yil «Bizning hayotimizda AKT texnologiyalarining ahamiyati» mavzusi qizg‘in muhokama qilinmoqda. Birinchidan, bu mamlakatimizning «Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» deb nomlangan 2020 yildagi rivojlanish yo‘nalishi bilan, ikkinchidan esa, o‘zaro muloqotlarimizning katta qismini onlayn tartibga o‘tkazishga sabab bo‘lgan global pandemiya bilan bog‘liq. Biz – Huawei jamoasi, AKT infratuzilmasini o‘z vaqtida mustahkamlash barcha qiyinchiliklarni yengishga va barcha uchun raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatining yaratilishiga yordam beradi deb hisoblaymiz.
20 yil davomida Huawei kompaniyasi aloqa operatorlari va AKT sohasidagi sheriklari bilan o‘zaro hamkorlikda respublikada aloqa xizmatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim loyihalarda ishtirok etdi. Biz har doim mamlakatda AKT sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shish va ushbu sohadagi bo‘lajak va mavjud mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash uchun iqtisodiyotning turli sohalaridagi barcha davlat idoralari va tashkilotlarining AKT bilan bog‘liq nuqtalarini topib ular bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga harakat qildik.
Huawei kompaniyasi o‘zining bo‘lg‘usi kasbi sifatida axborot texnologiyalarini tanlagan yosh iste'dodlarni qo‘llab-quvvatlashga katta e'tibor qaratadi, biroq shu bilan birga, mamlakatda IT-jurnalistikani rivojlantirish kabi yo‘nalish haqida ham unutmaydi. 2019 yilda Huawei kompaniyasi O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan AKT jurnalistlarini tayyorlashda hamkorlik qilish va bu hamkorlikni amalga oshirishda o‘zaro manfaatdorlikka erishish ko‘zda tutilgan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.
Memorandum doirasida Huawei kompaniyasi va O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti telekommunikatsiya va IT-sanoati mavzusiga qiziqqan va ixtisoslashgan, tajribali hamda endi ish boshlagan jurnalistlar (talabalar), shuningdek raqamli texnologiyalar haqida yozishni yaxshi ko‘radigan IT mutaxassislari ishtirok etishi mumkin bo‘lgan “O‘zbekistonning AKT-sharhlovchisi” milliy tanlovi boshlanganligi to‘g‘risida xabar beradi.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:
- O‘z ma'lumotlaringizni (ism, familiya, yashash shahri, ish/o‘qish joyingiz, ijtimoiy tarmoqlardagi kanalingiz) ko‘rsatgan holda @ICTobserverUZ_bot telegram botda ro‘yxatdan o‘tish.
I. Ishtirokchilar texnologiyalar haqidagi uchta savolga javob berishlari kerak bo‘ladi:
- 5G nima, qaysi mamlakatlar ushbu sohada kashfiyotlarni amalga oshirdi va 5G O‘zbekistonga qanday innovatsiyalarni olib keladi?
- Qaysi rivojlanish yo‘nalishlari Raqamli O‘zbekistonga asos bo‘lishi kerak? Mamlakat rahbariyati birinchi navbatda nimalarga e'tibor berishi kerak?
- Aqlli shahar. Sizning orzuingizdagi shahar qanday bo‘lishi kerak? Ushbu orzuni amalga oshirish uchun hal qilinishi kerak bo‘lgan asosiy muammolar nimalardan iborat?
Javoblarni insho yoki hikoya shaklida yozish mumkin (700 ta so‘zdan kam bo‘lmagan hajmda). Asosiy shart – bu ijodiy ishda #HuaweiUzbekistan va #ICTobserverUZ xeshteglarini tilga olib o‘tish, shuningdek ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida ijodiy mahsulotni nashr etish va telegram botga nusxalash. Eng to‘g‘ri, qiziqarli va batafsil matnlarni taqdim etgan 20 nafar ishtirokchi sertifikat oladi va ular ikkinchi bosqichda qatnashishlari mumkin bo‘ladi.
II. Tanlov ishtirokchilariga Huawei kompaniyasi rivojlantirayotgan ustuvor texnologiyalardan biri – 5G, bulutli texnologiyalar, sun'iy intellekt va aqlli shahar mavzusida insho (700 ta so‘zdan kam bo‘lmagan hajmda) yozish taklif etiladi. Ijodiy ishni ijtimoiy tarmoqlarda nashr etish, postni #HuaweiUzbekistan va #ICTobserverUZ xeshteglari bilan belgilash va telegram botidagi tegishli havolalarning nusxasini qo‘yish kerak bo‘ladi. Tanlangan mavzuni sifatli ochib bergan va auditoriyadan eng ko‘p «tabiiy» ijobiy javoblarni olgan 10 nafar ishtirokchi tanlovning final bosqichida ishtirok etadi.
III. Finalchilar Huawei kompaniyasi mutaxassislari bilan intervyu olib borishadi. Tanlov shartlariga ko‘ra, tayyor materiallar Huawei kompaniyasining korporativ resurslarida joylashtiriladi va nomzodning ijtimoiy sahifasiga ham nusxalanadi. Ma'ruzachilar fikriga ko‘ra eng savodli va ommabop (layklar, sharhlar va repostlar soni bo‘yicha) suhbatlar tayyorlagan 3 ta sharhlovchilar 1, 2, 3-o‘rinlar uchun sovrinlar bilan taqdirlanadilar. Ishtirokchilar materiallar shaklini o‘z xohishiga ko‘ra tanlaydilar – matn, video va boshqa formatlarga ruxsat beriladi. Ijodkorlik va nostandart taqdimot mamnuniyat bilan qabul qilinadi va tanlov ishtirokchilariga ball qo‘shadi.
Tanlov materiallarini tekshirish va baholash jurnalistika va AKT texnologiyalari sohasining tajribali vakillari tomonidan amalga oshiriladi:
- Aleksandr Suchkov, IT jurnalist;
- Baxtiyor Nasimov, jurnalist va yozuvchi;
- Sherzodxon Qudratxo‘jayev, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori;
- Davron Azizov, Huawei O‘zbekiston kompaniyasining korporativ aloqalar departamenti rahbari.
Ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va tanlovning birinchi bosqichi 15 oktyabrdan 15 noyabrgacha davom etadi. Ikkinchi bosqichga chiqqan nomzodlar uchun tanlov 15 noyabrdan 30 noyabrgacha davom etadi. Final 30 noyabrdan 15 dekabrgacha bo‘lib o‘tadi va tantanali taqdirlash marosimi sanasi g‘oliblarni aniqlash natijalariga ko‘ra e'lon qilinadi. Barcha finalchilarga brend nomi bilan chiqarilgan esdalik sovg‘alar, uchta g‘olibga esa Huawei aqlli qurilmalari taqdim etiladi.
Huawei kompaniyasi haqida:
Huawei kompaniyasi – infokommunikatsiya va infratuzilma yechimlarining, shuningdek aqlli qurilmalarning xalqaro yetakchi ta'minotchisi. Uning asosiy ish yo‘nalishlari telekommunikatsiya tarmoqlari, axborot texnologiyalari, aqlli qurilmalar va bulutli xizmatlardir, shu bilan birga Huavei raqamli texnologiyalardan foydalanish biznes uchun ham, yakuniy iste'molchilar uchun ham qulay va oson bo‘lishini ta'minlashga intilmoqda va shu bilan aqlli, mukammal aloqa dunyosini yaratishga tobora yaqinlashib bormoqda.
Huawei'ning keng qamrovli portfelidagi mahsulotlar, yechimlar va xizmatlar yuqori darajada ishonchlilikka va raqobatbardoshlikka ega. Ekotizim bo‘yicha hamkorlari bilan ochiq birgalikda ish olib borgan holda, Huawei o‘z mijozlarining imkoniyatlari doirasini kengaytirib, ular uchun tijorat salohiyatini yaratmoqda.
Huawei investitsiyalarining katta qismini global rivojlanishga yordam beradigan fundamental tadqiqotlarni o‘tkazishga yo‘naltiradi. Kompaniyada dunyoning 170 dan ortiq mamlakatlari bo‘yicha 194 mingdan ortiq xodim ishlaydi. Huawei – 1987 yilda asos solingan xususiy kompaniya. U butunlay xodimlariga tegishli.
Reklama huquqi asosida