Odatga ko‘ra, 10 turdagi oziq-ovqat va shuncha meva-sabzavot mahsulotlarining o‘rtacha narxlari to‘plab, tartiblandi.
O‘tgan haftadagi narxlarni solishtirish asnosida bozorlarda o‘simlik va paxta yog‘lari, shuningdek, shakar narxi hamon qimmatligicha qolayotgani oydinlashmoqda.
Mol go‘shti eng qimmat joy (70 ming so‘m) Samarqand va Namanganda sotilmoqda, eng arzoni ham Toshkentning Yunusobod bozorida — 46 ming so‘m. 1 kilo qo‘y go‘shti ham shu bozorda shu narxda sotilgan. Tovuq go‘shti eng arzon joy Urganch — 15 ming so‘m.
Meva-sabzavotlar narxlari bozorlarda bir-biridan ko‘p ham farq qilmaydi. Pomidor va bodring ayrim hududlar markazlarida keskin qimmatlagan.