O‘zlikni anglash: Hayotda erishganlaringiz odatlaringiz natijasidir

Iqtisodiyot 18:38 / 28.09.2020 13520

“Islom moliyasi” telegram-kanali qanday qilib inson ijobiy odatlarga ega bo‘lishi va o‘zidagi salbiylikni yo‘qotishi mumkinligi borasida tavsiya berdi.

Inson va "odatlar" himoyachisi sifatida shuni ishonch bilan aytishim mumkinki, hayotda erishganlaringiz  odatlaringiz natijasidir. Noaniqroq gapirdim. Tushuntirib beraman. Biz men ko‘p pulim bo‘lishini xohlayman, ozishni istayman va hokazo gaplarni tez-tez gapirib turamiz. Shunday qilib, sizning maoshingiz va daromadingiz moliyaviy odatlaringizning o‘lchovidir, vazningiz - "salomatlik" odatlaringizning natijasi, dunyoqarashingiz, bilimingiz o‘qish va bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqingiz natijasidir.

Shuning uchun, natijaga e'tibor qaratish o‘rniga, diqqatni muntazam to‘g‘ri odatlarni shakllantirishga qarating. Ammo qanday qilib odatlarni o‘zgartirib, yangilariga almashtirishimiz mumkin?

Bizning odatlarimiz - bu o‘zimiz haqimizda o‘ylaganlarimiz natijasi. Agar o‘zingizga: "Men ko‘p xarajat qilaman va mashinaga pul to‘play olmayman" deb aytsangiz, o‘zingizni isrofgardek tutasiz. Shuning uchun, har safar KIM ekanligingizni takrorlaganingizda, aynan o‘shanday shaxsga ovoz berasiz va o‘zingizga bo‘lgan ishonchingizni shunga mos harakatlar bilan kuchaytirasiz, ya'ni "Men haqiqatan ham pulni ushlab turolmayman va darhol sarflayman" deysiz. Va maoshingizni olishingiz bilanoq, siz haqiqatan ham uni sarflab yuborasiz, chunki "pulni befoyda sarflashga bo‘lgan ishonchingizni" mustahkamlashingiz kerak. Va har safar bu xatti-harakatni takrorlaganingizda, bu sizning odatingizga aylanib boradi va qancha ko‘p takrorlasangiz, o‘zingizga qarshi shuncha ko‘p ovoz berasiz...

Shu bois, o‘zgarish uchun qiziquvchan, o‘rganuvchi, tejamkor, sport bilan shug‘ullanadigan, samarali va shu kabi "boshqa men"ingizga ishonishingiz kerak. O‘zimizdagi ijobiy xislatlarga bo‘lgan ishonchni qancha ko‘p mustahkamlasak, ana shunday odamlarning odatlarini takrorlaymiz va aynan shunday odatlarga ega bo‘lgan odamlarga qiziqamiz hamda atrofimizni shunday odamlar bilan qurshab olishga harakat qilamiz va shunday odamlar muhitini yaratamiz. Shunday qilib:

1. Yangi o‘zligingizga bo‘lgan ishonch va bu ishonchni doimiy mustahkamlash;

2. Sizning bu ishonchingizni mustahkamlaydigan odatlarni hosil qilish;

3. Yangi odatlarni muntazam takomillashtirish;

4. Yangi odatlarni takomillashtirishni osonlashtiradigan va rag‘bat beradigan muhit yaratish - yangi o‘zlikni yaratish.

Ko‘proq yangiliklar: