Odatga ko‘ra, 10 turdagi oziq-ovqat va shuncha meva-sabzavot mahsulotlarining o‘rtacha narxlari tartiblandi.
O‘tgan haftadagi narxlarni solishtirish asnosida oydinlashmoqdaki, bozorlarda o‘simlik va paxta yog‘lari, shuningdek, shakar narxi biroz qimmatlashgan — joylarda bu mahsulotning bir kilogrammi 8 ming so‘mdan ham sotilmoqda.
Mol go‘shti eng qimmat joy hamon poytaxt Toshkent shahri bo‘lsa, eng arzoni Navoiyda. Nukusda 1 kilo qo‘y go‘shti barcha hududdagilardan arzon — 48 ming so‘m.
Meva-sabzavotlar narxlari bozorlarda bir-biridan ko‘p ham farq qilmaydi, faqat poytaxtda biroz qimmatroq. Ro‘yxatdagi yagona import meva — bananning eng arzoni Qo‘qonda va eng qimmati Nukusda ekanini ko‘rish mumkin.