Davlat test markazining xabar berishicha, kirish imtihonlarining yakuniy natijalari bugun soat 15:00da DTMning rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi.
Abituriyentlar talaba bo‘lgani haqida quyidagi 3 usul orqali bilib olishi mumkin:
Abituriyentning shaxsiy kabineti orqali:
Davlat test markazining rasmiy veb-saytida har bir abituriyent uchun shaxsiy kabinet yaratilgan bo‘lib, abituriyentlar birinchi usulda abitur.dtm.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga kirish orqali tanlov natijalarini bilishlari mumkin.
SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga abituriyent ID’ni yuborgan holda bilishlari mumkin. Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud)
Test natijalari qaydnomasi orqali:
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta'lim muassasalariga taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, bu yil 1,5 millionga yaqin abituriyent OTMlardagi 140 mingga yaqin o‘rin uchun kurashdi.
Test natijalarini qanday bilish mumkin?
Abituriyentlar buning uchun ruxsatnomasining pastki o‘ng burchagida QR kod ostiga maxsus havola (link) ochib, test natijasini ko‘rishi mumkin.
QR kodni qanday o‘qish mumkin?
1) Hozirgi zamonaviy smartfonlarning deyarli barchasida QR kodni o‘qish uchun telefon kamerasining o‘zi kifoya qiladi. Alohida qanaqadir dastur o‘rnatish shart emas. Shunchaki telefon kamerasini yoqing va abituriyent ruxsatnomasining pastki qismidagi QR kod ustiga kamerani olib boring. Shunda telefon ekranida yozuv paydo bo‘ladi va abitur.dtm.uz saytidagi maxsus uzun havola chiqib keladi. O‘sha havolani brauzer orqali ochsangiz, natijani ko‘rish mumkin bo‘ladi.
2) Agar mabodo telefoningiz kamerasini QR kod ustiga olib borganingizda ekranda hech qanday o‘zgarish bo‘lmasa, unda QR kod o‘qiydigan maxsus ilova yuklab olishingiz kerak bo‘ladi. Masalan, mana bu dasturni yuklab olish mumkin.