«Regent Corp» ishi: Toshkent shahar hokimligi investor da'vosi bo‘yicha sudning ilk eshituvlarida qatnashmadi

Jamiyat 17:02 / 22.09.2020 7185

OAV vakillari ishtirokida o‘tgan dastlabki sud eshituvlarida da'vogar tomon ko‘rsatmalari tinglandi. Unga poytaxt hokimligidan vakil kelmadi.

Kelgusi sud majlisi 2 oktyabrga belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, 8 sentabr kuni Kun.uz «Poytaxt hokimligi qo‘shma korxona faoliyatiga sun'iy to‘siq qo‘ymoqda. Investorning aybi nimada?» sarlavhali tanqidiy maqola e'lon qilgan edi.

Unda O‘zbekiston, Buyuk Britaniya, BAA va Qozog‘iston tadbirkorlari tomonidan tashkil etilgan «Regent Corp» QK bilan Toshkent shahar hokimligi o‘rtasida anglashilmovchilik vujudga kelgani, hokimlik zimmasidagi majburiyatni bajarmagani, shu bilan birga, investorni asossiz ayblayotgani, muammo hal etilmasa, bir necha milliard so‘mlik investitsiya loyihasi barbod bo‘lishi mumkinligi haqida yozilgan edi.

Shundan so‘ng, Toshkent shahar hokimligi tomonidan mazkur maqolaga munosabat bildirilgan, ish ma'muriy va iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘rib chiqilayotgani ta'kidlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: