Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yunusobod tumanida qotillik sodir etilganligi yuzasidan xabar tarqaldi.
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, 2020 yil 20 sentabr kuni soat 06:00larda Yunusobod tumani, A.Temur ko‘chasida joylashgan tungi klubidan chiqqan shaxslar ko‘chada turgan boshqa bir guruh shaxslar bilan o‘zaro janjallashgan.
Janjal vaqtida, fuqaro S.X. yonida bo‘lgan pichoq bilan 4 nafar shaxsga bir necha marotaba tan-jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.
Oqibatda, 2 nafar shaxs vafot etgan, qolgan 2 nafarining hayoti saqlab qolingan.
Mazkur holat yuzasidan shu kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan S.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a, l” bandlari, 25,97-moddasi 2-qismi “a, l” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
S.X. protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.