Humo Visa xalqaro to‘lov tizimi bilan kobeyjing kartalarini chiqaradi

Jamiyat 14:06 / 21.09.2020 1981

2020 yil 16 sentabr kuni Milliy banklararo protsessing markazi va Visa xalqaro to‘lov tizimi Visa-HUMO kobeyjing kartalarini chiqarish to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Endilikda, O‘zbekiston aholisi yagona kartadan mamlakat ichida va undan tashqarida to‘lovlarni amalga oshirishda foydalanishlari mumkin.

«Visa-HUMO kobeyjing kartasi – foydali va qulay moliyaviy vositadir. Endi sizga valuta kartasini ochish va xizmat uchun komissiyani to‘lashga vaqt sarflashning hojati yo‘q. Karta egasi ikkala to‘lov tizimining afzalliklari: butun O‘zbekiston va dunyoning boshqa 200ta mamlakatida Visa kartasi qabul qilinadigan hududlardagi savdo do‘konlarda tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladi», - deydi, MBPM direktori Shuhrat Qurbonov.

Shartnomaga ko‘ra, loyiha ishtirokchilari O‘zbekistondagi Visa to‘lov tizimi bilan ishlaydigan barcha banklar hisoblanadi. Bitim Visa Classic debet kartasi asosida ham plastik ham virtual kartalar va raqamli mahsulotlar ko‘rinishidagi Visa-HUMO kobeyjing kartalarini chiqarishni nazarda tutadi. Xizmatlar va qo‘shimcha imkoniyatlar uchun tariflar bank tomonidan belgilanadi. 

Loyiha Visa va MBPMga mamlakatdagi banklar, shuningdek, savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari bilan birgalikda O‘zbekiston aholisi uchun xalqaro to‘lov standartlariga javob beradigan xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishga va banklarning raqobatbardoshligini oshirishga imkon beradi.

Ko‘proq yangiliklar: