Kun.uz’ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi muxbirlari odatga ko‘ra o‘z hududlaridagi markaziy dehqon (oziq-ovqat) bozorlaridagi bugungi narx-navolar haqida ma'lumot to‘plashdi.
10 turdagi oziq-ovqat va shuncha meva-sabzavot mahsulotlarining 20 sentabr, yakshanba kunidagi o‘rtacha narxlari to‘plab, tartiblandi.
Narxlarni solishtirish asnosida oydinlashmoqdaki, mol go‘shti eng qimmat joy hamon Toshkent shahri bo‘lsa, eng arzon narxlar Buxoro va Jizzaxda. Nukusda 1 kilo qo‘y go‘shti barcha hududdagilardan arzon — 48 ming so‘m.
Meva-sabzavotlar narxlari respublika bozorlarida bir-biridan ko‘p ham farq qilmaydi. Faqat ro‘yxatdagi yagona import meva — bananning eng arzoni Gulistonda va eng qimmati Jizzaxda ekanini ko‘rish mumkin.