Rossiyadagi dorixonalarda koronavirusdan davolashga mo‘ljallangan dorilar sotuvi boshlanadi

Jahon 00:22 / 18.09.2020 12925

«Koronavir» preparati Rossiyadagi dorixonalarda sotiladigan koronavirusdan davolashga mo‘ljallangan ilk dori bo‘ladi. Bu haqda «R-Farm» kompaniyasi vakiliga tayanib RBK xabar berdi.

Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, vazirlik ikkita dori vositasidan ambulator sharoitda foydalanishga ruxsat bergan.

TASS xabariga ko‘ra, kelasi haftadan dorixonalarda yana bir preparat - «Areplivir» sotuvga chiqariladi. Bu dori Promomed» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

"Areplivir"ning xalqaro patentlanmagan nomi "Favipiravir" bo‘lib, u Yaponiyada grippdan davolash uchun ishlab chiqilgan va 2014 yilda qo‘llashga ruxsat etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: