Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Covid-19 bepushtlik kabi holatlarni keltirib chiqaradigan kasalliklar sirasidan emas – Otabekov
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Nurmat Otabekov AOKAda o‘tkazilgan brifingda koronavirus bilan kasallanish holati kelajakda bolalar salomatligiga ta'sir ko‘rsatishi, masalan bepushtlikka olib kelishi ehtimoli haqidagi savolga javob qaytardi.

«Koronavirus kasalligi mutlaqo yangi kasallik bo‘lib, hali u haqida yetarli ma'lumotga ega emasmiz. Bu borada alohida ilmiy izlanishlar amalga oshirilmagan.
Qolaversa, kasallik yosh bolalarda juda yengil formada o‘tyapti, shuning uchun kelajakda biror-bir jiddiy asorat qoldirishi haqida bashorat qilish noto‘g‘ri bo‘ladi.
Fikrimizcha, Covid-19 kelajakda farzand ko‘rmaslik (bepushtlik) kabi holatlarni keltirib chiqaradigan kasalliklar sirasiga kirmaydi», dedi Nurmat Otabekov.
Shuningdek, surunkali qandli diabet kasalligi bo‘lgan bemorlar davolanish uchun qayerga murojaat qilishi kerakligi haqidagi savolga ham javob berildi.
«Dunyo miqyosida pandemiya boshlanganidan keyin respublikamizda ham karantin tufayli ko‘pgina shifoxonalar faoliyati (profili) o‘zgartirildi. Otangizni davolatish uchun yashash joyingiz bo‘yicha poliklinikaga murojaat qilsangiz, hozirda faoliyat ko‘rsatayotgan shifoxonalar to‘g‘risida aniq ma'lumot olishingiz mumkin.
Buning ustiga keyingi paytlarda profilini o‘zgartirgan muassasalar, birin-ketin qaytadan o‘zlarining avvalgi faoliyatini tiklamoqda», dedi shtab a'zosi.
Brifingda ma'lum qilinishicha, kon'yunktivit ham koronavirus kasalligi belgilaridan biri bo‘lishi mumkin.
«Tadqiqotchi olimlarning aniqlashicha, kon'yunktivit ya'ni ko‘z shilliq pardasining yallig‘lanishi koronavirus kasalligining belgilaridan biri bo‘lishi mumkin. Italiyalik olimlar koronavirus burun shilliq qavatida aniqlangandan bir hafta o‘tib ko‘z shilliq qavatida ham uchrashini tadqiqotlarida ta'kidlashgan. Shuning uchun koronavirus kasalligini davolayotgan shifokorlar nafaqat burun va og‘iz, balki ko‘zlarni ham himoya qilish borasida ham ogohlantiriladi.
Xitoy shifokorlarining tajribasida ham koronavirus bilan davolanayotgan bemorlarda 1 foiz holatda kon'yunktivit aniqlangan», dedi Nurmat Otabekov.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mers Trampning Ukraina uchun qurol bo‘yicha tashabbusini olqishladi
Jahon | 11:09
-
Toshkent viloyatida sifatsiz benzin sotgan zapravkaga nisbatan chora ko‘rildi
Jamiyat | 11:06
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 10:53
-
Zelenskiy Shmixalni Ukraina mudofaa vaziri lavozimiga taklif qildi
Jahon | 10:21
Mavzuga oid

15:00 / 10.06.2025
O‘zbekistonda bolalar orasida Koksaki virusi avj olayotgani haqidagi xabarlar asossiz – SSV

11:25 / 30.05.2025
SSV: O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror

17:46 / 27.02.2025
SSV: Mavsumiy respirator kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqaror

17:37 / 31.01.2025