Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda bolalar orasida Koksaki virusi avj olayotgani haqidagi xabarlar asossiz – SSV
Mutaxassis bemorga o‘zboshimchalik bilan bakteriya va virusga qarshi preparatlarni berish kerak emasligidan ogohlantirib, agar bolada klinik belgilar paydo bo‘lib, ular og‘irroq kechayotgan bo‘lsa, tibbiyot xodimlariga murojaat qilish va spetsifik davolash choralarini ko‘rish maqsadga muvofiqligini bildirgan.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
SSV matbuot xizmati O‘zbekistonda Koksaki virusi tarqalayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
Ushbu savolga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov batafsil javob berdi.
— Virus bunday nomlanishining sababi – ilk bor AQShning Koksaki shahrida aniqlangan va u enteroviruslar oilasiga mansub, – deydi mutaxassis. – Uning 70 dan ortiq turi bo‘lib, asosan, A hamda V turlari uchraydi.
Kasallik ko‘pincha bolalarda uchraydi. Aniqrog‘i, unga moyil aholi qatlami 3-10 yoshdagi o‘g‘il-qizlar hisoblanadi. Kattalarning xastalanishi esa juda kam kuzatiladigan holatdir.
Shuning uchun ham bolalarga xos klinik belgilarni kuzatish mumkin. Ya’ni kasallik tana harorati keskin oshishi (39-40 darajagacha), bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, holsizlik bilan boshlanib, 2-4 kundan keyin isitma asta-sekin pasaya boshlaydi.
Shuningdek, oddiy shamollash belgilari, ichakdagi ba’zi bezovtaliklar, jumladan, ich ketishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish kabilar kuzatilishi mumkin.
Koksaki virusiga uchraganida bolalarning qo‘l va oyog‘ining old qismi hamda og‘zining shilliq qavatida turli toshmalar paydo bo‘ladi. Ba’zi hollarda yutinishning qiyinlashishi, kichik yarachalar paydo bo‘lgani uchun stomatitga xos tomoqda og‘riqlar kuzatiladi. Bu esa isitma ko‘tarilishi va ishtahaning pasayishiga olib keladi.
Ba’zan asosiy belgilarga qo‘shimcha ravishda bosh og‘rig‘i, limfa tugunlarning kattalashishi kabilar ham kuzatilishi mumkin.
Kasallik, asosan, yoz oylarida bolalar ochiq va umumiy cho‘milish suv havzalaridan foydalanganda va bemorlar bilan bevosita muloqot qilgan vaqtda yuqadi. Xastalikning yashirin davri 2-10 kungacha bo‘lib, ba’zi hollarda 2-5 kun davom etadi.
Mazkur xastalikni keltirib chiqaradigan virusni dunyoning istalgan joyida uchratish mumkin. O‘zbekistonda ham vaqti-vaqti bilan qayd etiladi.
Hozirgacha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi qoshidagi hamda Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutining laboratoriyalarida Koksaki virusi aniqlagani yo‘q.
Demak, yurtimizda mazkur kasalllik keng miqyosda tarqaldi degan fikrga kelish uchun asos mavjud emas.
Muhimi, Koksaki virusi uchun maxsus davolash protokollari mavjud va xastalik hech qanday asoratlarsiz to‘liq tuzalib ketadi.
Shunday bo‘lsa-da, zinhor, o‘zboshimchalik bilan bemorga bakteriya va virusga qarshi preparatlarni berish kerak emas. Sababi, Koksaki virusiga bu dori vositalari umuman ta’sir qilmaydi.
Agar bolada klinik belgilar paydo bo‘lib, ular og‘irroq kechayotgan bo‘lsa, u holda tibbiyot xodimlariga murojaat qilish va spetsifik davolash choralarini ko‘rish maqsadga muvofiq.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirishni va’da qilgan tibbiyot xodimi ushlandi
Jamiyat | 13:03
-
Rossiyani qo‘llashga tayyor Xitoy, Isroilga chora ko‘rmoqchi bo‘layotgan Yevroittifoq va FETOʻchilar ta’qibini davom ettirayotgan Turkiya – kun dayjesti
Jahon | 12:54
-
Qoraqalpog‘istondagi tumanda issiq tufayli bog‘chalar yopildi
O‘zbekiston | 12:20
-
Rossiyada diversiya ishi bo‘yicha sudlangan 13 kishidan 3 nafarining muddati qisqartirildi
Jahon | 12:04
Mavzuga oid

11:25 / 30.05.2025
SSV: O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror

17:46 / 27.02.2025
SSV: Mavsumiy respirator kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqaror

17:37 / 31.01.2025
“Bu ma’lumotni berib borishimiz kerak” – Nurmat Otabekov havo ifloslanishidan erta ogohlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish haqida

18:52 / 19.09.2024