XOQ eronlik sportchining qatl etilganini qoraladi

Jahon 08:36 / 13.09.2020 10944

Avvalroq Eronda soqchini o‘ldirish va norozilik namoyishlarida ishtirok etishda ayblangan 27 yoshli kurashchiga nisbatan chiqarilgan o‘lim hukmi ijro etilgandi.

“XOQ bu holatdan karaxt holga tushdi. XOQ prezidenti Tomas Bax joriy haftada Eronning oliy yetakchisi va prezidentiga shaxsan murojaat qilib, Navid Afqariyga shafqat qilishni so‘ragandi”, deyilgan bayonotda. Qo‘mitada sportchining oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildirilgan.

Bax avvalroq Eron rahbariyatiga maktub yo‘llab, unda Afqariyning afv etilishini so‘ragan. Biroq Tehron XOQ rahbarining bu iltimosini rad etgan.

Ko‘proq yangiliklar: