AQSh Ukraina uchun 6 milliard dollarlik qurol-yarog‘ga buyurtma beradi

Jahon 00:03 / 27.04.2024 4019

AQSh amerikalik sanoatchilarga Ukraina uchun qurol ishlab chiqarishga 6 milliard dollar ajratmoqda. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin virtual formatda o‘tkazilgan Ukraina mudofaa masalalari bo‘yicha (Rammshtayn-21) aloqa guruhi yig‘ilishida ma’lum qildi.

Vazirning ta’kidlashicha, Rammshtayn formati ishtirokchilari Ukrainaga xavfsizlikni ta’minlash uchun 95 milliard dollardan ortiq yordam ajratishga va’da bergan.

Shu munosabat bilan u AQSh prezidenti Jo Bayden o‘z imzosi bilan Ukrainaga 60,8 milliard dollar miqdorida qo‘shimcha yordam ajratish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilganini eslatdi.

«Bu Qo‘shma Shtatlarga havo mudofaasi, artilleriya va zirhli texnikani zudlik bilan Ukrainaga yuborish imkonini beradi», dedi Ostin.

Ostinning aytishicha, AQSh bunga qo‘shimcha ravishda yana 6 milliard dollarlik majburiyatini e’lon qiladi.

«Bu bizga Amerika sanoatidan Ukraina uchun yangi xaridlarni amalga oshirish imkonini beradi», deb ta’kidladi Ostin.

Mudofaa vazirining qo‘shimcha qilishicha, bu Qo‘shma Shtatlar tomonidan Ukrainaga yordam berish uchun olingan eng katta majburiyatdir. Buyurtma Patriot va NASAMS havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun muhim tutqichlarni, ko‘proq dronlarni, katta miqdordagi artilleriya o‘q-dorilarini sotib olishni o‘z ichiga oladi. Mablag‘lar, shuningdek, mavjud obektlarni ta’mirlash va texnik qo‘llab-quvvatlash ehtiyojlarini qoplaydi.

Ko‘proq yangiliklar: